Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Zamonaviy o‘simlikshunoslikda fitoregulatorlar agrosenozlaming hosildorligini va muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshirishda qo‘llaniladi, qator texnologik operatsiyalami birmuncha osonlashtirish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda fitogormonlaming ikkilamchi vositachilarini (messenjerlari) o‘rganish ishlari ham jadal davom etmoqda. Ikkilamchi vositachilar ta’sirining umumiy ko'rinishi shundan iboratki, uncha ko‘p bo‘lmagan gormon molekulalarining soni, hujayrada ikkilamchi vositachining ko‘p sonli molekulalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni yuzaga keltiradi, bu esa o‘z navbatida oqsil molekulalari faolligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday tarzda gormonning retseptor bilan bog’lanishi natijasida paydo bo‘ladigan signalning oshishi amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi: O'simliklarni o'sish va rivojlanishiga ta'sir etuvchi fitogarmonlarni o'rganish
O'simliklarga ta'sir etuvchi fitogarmonlar funksiyasi va klasiffikatsiyasi o'rganish
Garmon statusi o'zgartirilgan transgen o'simliklar olish. O'simlik kasalliklariga qarshi kurashishda biotexnologik usullardan foydalanish istiqbollari.
Kurs ishining tavsifi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Kurs ishida 30 ta manbaadan foydalanildi. Ishda 4 ta jadval, 3 ta rasm keltirilgan. Ishning asosiy hajmi 37 betni tashkil etadi.
Mikroorganizmlar yoki Mikroblar (grekcha: mikros — kichik, bios — hayot) — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizm.ga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, viruslar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. Mikroorganizm. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizm. tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha Mikroorganizm boʻladi.
Mikroorganizm.ning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. Mikroorganizm.ning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina Mikroorganizm bir hujayrali, baʼzilari, mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizm odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizm ham mavjud. Mikroorganizm tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizm tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizm oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi Mikroorganizm va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. Mikroorganizm fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizm hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |