Qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun kompyuter tarmoqlari.
Qimmatbaho qog’ozlar bozorining samaradorligi ko’p jixatdan uning qanchalik kompyuterlashtirilganligiga bog’liq. Hozir jahon moliya bozorida samarali ishlash uchun kompyuterlash darajasini yaxshi egallash zarur. Global tarmoq kompyuter tarmog’i SIT (Fransiya) va Taurus (London halqaro fond birjasi) tizimlarida keng qo’llaniladi.
Qimmatbaho qog’ozlar bozorini elektron usulida tashkil etishga va bozor ishtirokchilarining yagona axborot muhitini qo’llab-quvvatlashga keng e’tibor beriladi. Axborotlarning turli xil oqimini muvofiqlashtirish va tizimga solishga ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’lmoqda. Masalan, AQSH qimmatbaho qog’ozlar bozorida qimmatbaho qog’ozlar industriyasini avtomatlashtirish korporatsiyasi shunday tashkilotlardan sanaladi.
Qimmatbaho qog’ozlar oldi-sotdisida buyurtmalar bilan xabarlar formatini standartlash masalalari ko’pincha halqaro darajada hal etiladi. (Bu narsa ayniqsa turli xil milliy va regional kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumotlar almashuvida muhim).
Standartlash bo’yicha Halqaro Tashkilot tomonidan qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, ular qimmatbaho qog’ozlarni olish va yuborish hamda ular oldi-sotdisiga egalik qilish, qimmatbaho qog’ozlarni kodlash va sertifikatlarni nomerlash haqidagi ma’lumotlar formatini belgilaydi.
Iqtisodchilar uchun Internet
Internet doimo yangilanib boruvchi iqtisodiy fanlar bo’yicha axborot resurslar ombori hisoblanadi. Internetda axborot izlash tizimi kerakli axborotni olish vazifasini yengillashtiradi.
Internet yangi bilimlarni egallashda eng samarali vosita bo’lishi mumkin. Internet yordamida iqtisodiy fanlarni o’qitishning yangi usullari bilan tanishish mumkin.
Internetda iqtisodiy jurnal va gazetalarning elektron versiyalarini topish mumkin. Faqat elektron shaklda mavjud bo’lgan davriy nashr paydo bo’ladi va ular soni ko’payib boradi.
Internetda iqtisod sohasidagi yangiliklar bilan tanishish jarayonida ushbu yangiliklarni iqtisodchi olimlar qanday baholashganini bilish mumkin.
Internetda o’zaro axborot almashuv va tadqiqot natijalarini chop etish, olimlar qaysi mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. Internet yordamida ilmiy konferentsiya va seminarlar to’g’risida bilish mumkin, shuningdek, ularning materiallari bilan tanishish va ilmiy, o’quv-uslubiy qo’llanmalaringizni e’lon qilishingiz mumkin.
Sizda paydo bo’lgan savolga javobni Usenet (Newsgroup)da elektron suhbatlardan topish mumkin.
Ask Experts (ekspertdan so’ra) sahifasida (Web) saqlanadigan E-mail shaklini to’ldirib junatsangiz jahonning eng ilg’or iqtisodchilariga savol bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Internet orqali xorijda oliy ta’lim sohasidagi vakansiyalar haqida e’lonlarni topish mumkin.
Internetda grant stipendiyalar berishga bag’ishlangan sahifa bor.
Masalan, Agar Sizning oliy o’quv yurtingiz Web sahifasi yaratilgan bo’lsa, bu Internet tarmog’idagi eng zo’r reklama vositasi hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1.Elektron pochta haqida ma’lumot.
2.Elektron pochta orqali axborotlarni uzatish usullari
3.Elektron pochta orqali axborotlarni qabul qilish usullari.
4.Global kompyuter tarmoqlarining turli sohalarda qo’llanilishi.
5. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
6. SprinNet tarmog’i
7. Glasnet tarmog’i.
8. Sovam Teleport tarmog’i.
9. Qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun kompyuter tarmoqlari.
10. Iqtisodchilar uchun Internet
Do'stlaringiz bilan baham: |