Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi



Download 9,74 Mb.
bet66/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

PING bilan ishlash
PING dasturi Internetda boshqa kompyuterlar bilan bog’lanish mumkinligini tekshirish uchun muljallangan. U qisqacha xabar junatadi, unga boshqa kompyuter avtomatik ravishda javob beradi.

Agar siz PING yordamida boshqa kompyuter bilan bog’lana olmasangiz, demak umuman buni amalga oshirolmaysiz. Ulanishni tekshirish uchun aloqa qilishni istagan host-kompyuter nomini kiritish va Ping komandasini berish (“sichqon” orqali Ping tugmachasini bosish) kifoya qiladi. Bunga javoban aloqa bog’lash mumkinligi haqida axborot keladi.


Telnet bilan ishlash
Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyatsiyasi - bu boshqa kompyuterga kirishni ta’minlovchi ish rejimi.

Bu holda boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo’lasiz. Ko’pchilik xollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimida terminal emulyatsiyasi uchun muljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi.

UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOS operatsion tizimidagi kabi usha kataloglar strukturasiga asoslangan.

Olisdan turib ishlash seansini boshlash uchun telnet (Unix) komandasini berish va siz ishlashni xoxlagan mashina nomini ko’rsatish lozim.


Telnet host domain

Masalan:


telnet well.cf.ca.us
Bu komandaga nisbatan olisdagi kompyuter sizning ruyxatga olingan nomingizni (login) va parolni so’raydi. Chunki telnet aloqani o’rnatish uchun siz ushbu olislashgan kompyuterda ruyxatga olingan bo’lishingiz kerak. Agar siz Telnet komanda qatorida turib, Telnetning barcha komandalari haqida ma’lumot olishni istasangiz, klaviatura bilan so’rov (?) alomatini kiriting.
Telnet dasturini kiritgan kompyuter lokal hisoblanadi. O’z o’rnida aloqa o’rnatadigan kompyuter - olislashgan kompyuter hisoblanadi.
Telnetdan maqsadga muvofiq foydalaniladigan holatlar:


  • Siz bir qator kompyuterlarda ruyxatga olingansiz va ba’zi ishlarni bajarishingiz kerak (dasturni kiritish uchun sizning kompyuterlaringizda resurs yetishmaydi, nisbatan kuchli kompyuterga kirishga ruxsat olish kerak; boshqa kompyuterda saqlangan ma’lumotga ega fayl bor va ushbu ma’lumotlar bilan ishlash uchun dasturni kiritmoqchisiz);




  • Siz Internet tizimining “mijoz-server” ilovasidan foydalanmoqchisiz, lekin sizning mashinangizga kerakli “mijoz-dastur” kiritilmagan;




  • Boshqa kompyuterda joylashgan lokal dasturga kirishga ruxsat olishingiz shart.

Lokal dasturning uchta turi mavjud:





  • Ma’lum mavzu bo’yicha faylga kirishni ta’minlovchi e’lonlar taxtasi (BBS - Bulletin Board Services);

  • Ma’lumotlar bazasi;

  • Menyu tizimi yordamida fayllarga qulay kirishni ta’minlovchi dasturlar.

Telnet bazasida Hytelnet ishlab chiqilgan. Hytelnet telnet yordamida ochiqdan-ochiq ulanish imkonini beruvchi tizimlar va kutubxonalarning gipermatnli ruyxatida qayd etish uchun kompyuterlar tanlash imkonini beradi. Hytelnetni ishga solish uchun hytelnet komandasi beriladi.

Menyuda tanlash uchun yuqori (pastga) yuritish klavishlari va Enter klavishidan foydalaniladi. Foydalanuvchining Hytelnet ma’lumotlar bazasida saqlanadigan identifikatori va paroli dastur bilan avtomatik ravishda kiritiladi. Web Hytelnet taxminicha, http://library.usask.ca/hytelnet manzilgohi bo’yicha kiritish imkoni mavjud.
FTP bilan ishlash
FTP (file transfer protocol - fayllarni uzatish protokoli) - bu bir host-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTP protokol va dasturning jamlamasi bo’lib, Internetning ilk xizmati turlaridan biri sanaladi.
FTP imkoniyatlari:


  • Olisdagi mashinadan fayllar qidirish;

  • Fayllarda ma’lumotlarni junatish (ham ikkilik, ham matnli ma’lumotlarni).

FTP serverlarda katta xajmdagi fayl arxivlari saqlanadi (matnli axborot, dasturlar, ma’lumotlar bazasi).

Hozir Internetda FTP - serverining uch xil turi mavjud:




  • Internet-style (serverning barcha fayllariga kirish);

  • Listserver (cheklangan kirish);

  • FTPmail (elektron pochta orqali kirish).

Ba’zi o’rinlarda FTP telnetga o’xshab ketadi. FTP ishlashi uchun olisdagi mashinaga kirishga ruxsat bo’lishi zarur (foydalanuvchining mantiqiy nomi va parolni bilishi lozim). Ko’pgina uzellarda anonim FTP usuli qabul qilingan. Bunda mantiqiy nom sifatida anonymous, parol o’rnida esa sizning pochta manzilgohingiz beriladi. Odatda siz anonymous sifatida ruyxatga olingansiz, olislashgan tizim fayllarining cheklangan to’plamiga kirishga ruxsat beriladi.


FTP yordamida fayllardan nusxa olish quyidagicha amalga oshiriladi:


  • FTP komandasi yordami bilan (agar UNIX operatsion tizim interaktiv qobiqqa kirishga ruxsatingiz bo’lsa);

  • WinSock standarti FTP - dasturi yordamida (WS_FTP, Cute FTP dasturi);

  • Web - brouzer yordamida (Netscape Navigator, Internet Exrlorer).

Ko’pgina Web - brouzerlar anonimi FTPni amalga oshirishi mumkin, lekin faqat fayllarni kompyuteringizga yozish uchun foydalaniladi.



Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish