Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


Mavzu-8. Kompyuter tarmoqlari .Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish. Internet tizimida axborotlarni qidirish va WWW saytlar bilan ishlash



Download 9,74 Mb.
bet57/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

Mavzu-8. Kompyuter tarmoqlari .Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish. Internet tizimida axborotlarni qidirish va WWW saytlar bilan ishlash.
R E J A :

  1. Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot.

  2. Internetda ishlash asoslari

  3. Internet - global kompyuter tarmog’ining paydo bo’lish tarixi

  4. WWW-World Wide Web (Jahon axborot tarmog’i)

Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, dasturlar almashish maqsadida birlashtirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi.

Kompyuterlar uchun tarmoqqa ulangan holda fydalanishning afzalliklari bor.
Masalan: Kompyuter tarmog‘iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilotda hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib har bir bo‘lagini alohida xonalarda joylashgan tarmoq kompyuterlarida tayyorlash mumkin. Fayllar, kataloglar, printer, disklardan tarmoq orqali foydalanish mumkin.

Kompyuter tarmoqlari asosan 3 ta turga bo‘linadi:



Lokal ( mahalliy ) tarmoqlar.

Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi, ya’ni simlar bilan ulanishi tarmoqning o‘zidan o‘zi ishlayveradi degani emas.

Hozirgi kunda ishlayotgan Windows operatsion sistemasi tarkibida mahalliy tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.

Mahalliy (lokal) kompyuter tarmog‘i tushunchasi nisbiy tushunchadir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir sinf xonasi, bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida komyuter tarmoqlari tashkil qilish mumkin.

Shuning uchun ham ba’zan 500 metrgacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar tarmog‘i mahalliy tarmoq deb ataladi.

Bunda bir korxona yoki unga yaqin binolardagi kompyuterlarni bog‘laydi.

Mahalliy tarmoq yaratishdan maqsad tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida kompyuter parki tashkil etish va uning resurslaridan tejamli foydalanishdir. Mahalliy tarmoq-maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuter, kommunikatsiya qurilmalarining birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.

Sim sifatida qalin koaksial (oddiy antenna kabellariga o’xshash) va ingichka o‘ralgan juftlik (bitaya para) deb ataluvchi optik tola simlari ishlatiladi.

Koaksial sim 4 qatlamdan iborat bo‘lib uning eng inchki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyasiya bilan o‘ralgan bo’lib, u 2-qatlamni tashkil qiladi. 3 qatlam izolyatsiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo‘ladi. 4-qatlami esa uning oxirgi izolyatsiyasi hisoblanadi. Metall ekran egiluvchan o‘qi ichki metall sim egiluvchan o‘qi bilan ketma-ket tushadi. Shuning ychun ham koaksial sim deyiladi.

Keyingi paytda koaksial simlarning o’rniga optik tola (vitaya para) ishlatilib kelmoqda. Uning asosiy afzalligi, katta kenglikda ishchi chastotalariga egaligi, katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatish mumkinligidir.

Bu esa yuqori tezlik bilan ishlaydigan mahalliy tarmoqlarni yaratish imkonini beradi.

Optik tolali (vitaya para) simlar deyilishiga asosiy sabab, Yorug‘lik quvvatidan tolalar orqali boshqa energiya turiga aylantirilishidir.

Optik tolali simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma’lumotlarni yuqori ishonch bilan o’zatilishini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Mintaqaviy tarmoqlar.

Uncha katta bo‘lmagan davlatlar, undagi shaharlar yoki viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoqqa ulangan ob’ektlar orasidagi masofa 10 km dan 1000 km gacha bo‘lishi mumkin.



Global tarmoq strukturasi.

Umumiy holatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beradi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stantsiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi.

Serverlar-tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta’minot yordamida turli vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta’minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli hisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.


Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish