Yangiliklar yoki telekonferentsiyalar bo’limlarini o’qish.
UseNet - barcha mavzular bo’yicha umumiy xabarlar bilan almashish imkonini beruvchi kompyuterlar jamlamasidir. Bu xabarlar elektron pochtani eslatadi, lekin elektron pochta dasturiy ta’minotidan farqlanuvchi maxsus dasturiy ta’minot orqali uzatiladi. UseNet xabarlar xat (article) deb yuritiladi. Xatlar yangiliklar guruhi (news groups) yoki telekonferentsiya guruhlariga mavzu bo’yicha guruhlanadi. Xat va yangiliklar guruhning jamlamasi yangiliklar (News) deb yuritiladi. Har bir UseNet kompyuterlar xat ma’umotlari bazasini suyab turadi va xat qo’shni kompyuterlar bilan almashish orqali yangilanadi. Ma’umotlar bazasi foydalanuvchilarga yozib junatiladigan maqolalardan iborat. Yangiliklar guruhi junatma ruyxatidan farqlanmaydi. Lekin maqolalar hammaga junatilmaydi, faqat uni o’qiy oladiganlargagina yuboriladi.
Hozir 2000 dan ortiq yangiliklar guruhi mavjud. Ular barcha tizimdagi yangiliklarni (kompyuter texnikasi, fanning turli sohalari, siyosat, dam olish mavzusi va hokazoni) qamrab oladi.
Telekonferentsiya kategoriya va kategoriya bo’limlari iyerarxik usulda tashkil etilgan. Bu kerakli telekonferentsiyani topishga yordam beradi. Rasmiy iyerarxiyada yettita asosiy kategoriya (iyerarxiyaning yuqori darajasi) mavjud.
-
Kategoriya
|
Mavzu
|
comp
|
Kompyuterlar
|
misc
|
Turli xil ma’lumotlar
|
news
|
Yangiliklar (UseNet tizimi haqida)
|
rec
|
Dam olish (musiqa, sport uyinlari)
|
soc
|
Jamiyat haqida
|
sci
|
Tabiiy fanlar
|
talk
|
Munozara, muhokamalar
|
Boshqa bo’limlar ham mavjud. Yangiliklar guruhning nomi odatda no’qta bilan ajratilgan ikkita yoki undan ortiq bo’limdan iborat bo’ladi. Nomlar chapdan o’ngga qqarab o’qiladi. Birinchi qism (eng chapdagi) nom yangiliklarning mazkur guruhi mansub bo’lgan iyerarxiyaning yuqori darajasini aks ettiradi:
Comp.sys.os.mswindows-Microsoft Windows operatsion tizimiga bag’ishlangan telekonferentsiya.
News.answers-jo’natmaning keng ruyxati, shu orqali Internetga obuna bo’lish mumkin.
Res.collecting-kollektsionerlar uchun telekonferentsiya.
Sci phisics-fizika bo’yicha telekonferentsiya.
Alt.cooking-chat-qandolatchilik bo’yicha telekonferen-tsiya.
UseNet DejaNews xabarlari bilan ishlash uchun NNTP (Net news transfer protocol - Internet yangiliklarini uzatish protokoli)dan foydalaniladi.
Hozir telekonferentsiyalar bilan grafik muhitda (Microsoft Windows, XP, Windows System) ishlash dasturi mavjud, shu bilan birga Netscape va Microsoft NetShow dasturi ancha taniqli.
Sizni qiziqtiruvchi telekonferentsiya bo’limini qidirish uchun http://www.dejanews.com manzilgohi bo’yicha UseNet DejaNewsdan qidirish tizimi xizmatidan foydalanish qulay.
Buning boshqacha yo’li ham bor:
Web brouzerga Moskvadagi Iqtisodiy rivojlanish Halqaro bank instituti manzilgohi (http://www.edimo.ru/) sahifasini yuklash;
“Sichqon” bilan “Umumiy axborot” bo’limiga kirish;
“umumiy axborot” bo’limida “Internetda axborotni izlash tizimi” ruyxatiga murojaat qilish;
“Internetda axborot izlash tizimi” bo’limida “UseNet-bo’yicha qidirish tizimi” bandiga murojaat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |