Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


MB ni tashkil qilish va uni boshqarish sistemasi



Download 9,74 Mb.
bet47/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

MB ni tashkil qilish va uni boshqarish sistemasi.

Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Hammamizga ma’lumki, bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan to’zilmali fayl demakdir. Kompyuter hotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bo’g’liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan iboratdir. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi.

Bildirilgan fikrimizning ishonchli bo’lishi uchun bir misol bilan ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, biologiya fakultetida tahsil olayotgan guruh talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan jadvalni ko’raylik:


Familiyasi

Ismi

Tug’ilgan sanasi

Guruhi

Turar joyi

Qiziqqan fani

Xoliqova

Yulduz

02.01.86

A

Qarshi sh.

Biologiya Kimyo

Horova

Mu’tabar

02.10.86

V

Yakkabog t.

Biologiya Internet

G’uzorova

Ozoda

02.06.85

B

Qarshi sh.

Fizika Biologiya

Bu misolda 3 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi», «Guruhi», «Turar joyi» va «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB ni tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MB dan foydalanish uchun maxsus MB lari bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBS) deb yuritiladi.

MBBS-bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MB ni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MB ni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir.

MBBS ning asosiy tarkibiy qismi-ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi-foydalanuvchilardir.

MB ning to’zilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, to’zilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.

Ob’ekt-bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MB bo’la oladi. Masalan, har bir institut yoki universitet-bu ob’ektlar bo’lsa, ulardagi talabalar haqidagi ma’lumotlar to’plami MB ga misol bo’la oladi.

Har qanday jiddiy yaratilish uning loyihasini to’zishdan boshlanadi. MB ning loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi bog’lanishlarni o’rnatishdan iborat.

MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma’lumotlarni tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi.

Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:


  • foydalanuvchi- dastur tuzuvchi;

  • sistemali dastur tuzuvchi;

  • ma’lumotlar bazasi administratori.

Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBS uchun yozgan dasturiga javob beradi, sistemali dastur tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. MB administratori sistemaning saqlanish xolatiga va ishonchliligiga javob beradi.

MBBS quyidagicha tavsiflanadi:



  • Bajarilishi-(Исполнимость)-foydalanuvchi so’roviga hozirjavob-lik bilan muloqatga kirishish;

  • Minimal takrorlanishi-(Минимальная повторяемость)-MB dagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi;

  • Yaxlitlik- axborotni MB da saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liklikni asragan holda bo’lgani ayni muddao;

  • Xavfsizlik-(Безопасность)-MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish xuquqiga egalik qilishi mumkin;

  • Migratsiya-ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatadi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.

MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:

      • axborotni ko’rgazmali tasvirlash;

      • axborotni kiritishda soddalik;

      • axborotni izlash va tanlashda qulaylik;

      • boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

      • MB ning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo’shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hakazo).

MB bitta yoki bir nechta modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Har qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida qarash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olib, ma’lumotlar bazasi (MB) ning modellari quyidagi asosiy turlarga bo’linadi:



  • Daraxtsimon (ierarxik) modellar.

  • Tarmoqli (to’rli) modellar.

  • Relyatsion modellar.

Ma’lumotlar bazasi modellarining faqat 3 ta modeli mavjud deyish noo’rin. Chunki bulardan tashqari, yana binar munosabatlar modeli, ER- modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda, asosan, dastlabki ta’kidlangan 3 turdagi modellar koproq qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Daraxtsimon (ierarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar daraxtsimon modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob’ektlarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi. Relyatsion modellarda esa ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinishida tasvirlanishi ob’ektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.

MB ning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysinish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir nechta tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog’langan bo’ladi. Tugun—bu ierarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.

Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so’zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o’zaro bog’langan to’plamidan iborat.

MB ning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham tugun, sath, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orasida «erkin», ya’ni «har biri hamma bilan» ma’noli bog’lanish qabul qilingan.

Keyingi sahifalarda MB ning relyatsion model to’g’risida kengroq to’xtalib o’tamiz.




Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish