Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBS) ning arxitekturasi



Download 9,74 Mb.
bet48/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBS) ning arxitekturasi

MBBS alohida olingan quyidagi modullardan tashkil topadi:



  • MB ni boshqarish bloki-disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va sistemaning so’rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi;

  • Fayl menedjeri-ma’lumotlar strukturasi bilan disklar o’rtasidagi bog’lanishni boshqaradi;

  • Guery protsessor-ingliz tilida yozilgan guery gaplarnii MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi;

  • Prekompilyator DML (Data Manipulation Language)-ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:




  • MB dan ma’lumotlarni ajratib olish;

  • MB ga ma’lumotlarni kiritish;

  • MB dan ma’lumotlarni olib tashlash;

  • MB ni o’zgartirishlar (modifikatsiya) qilish;

    • Kompilyator DDL (Data Definition Language)-MB tilini, uning strukturasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MB ning strukturasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBS lar, asosan, relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporotsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarini yaratmoqda. Bu dastur vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MB lar bilan ishlashga muljallangan Microsoft Access dasturi bo’lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo’lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.

Microsoft Office ning o’zbek tilidagi varianti yo’qligi, uning faqat ingliz va rus tilida yaratilgan versiyalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimizdan mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha versiyasiga tayanib yozilgan. Microsoft Access dasturi ham relyatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MB lar jadval ko’rinishda aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.

Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. Maydonlar MB ning strukturasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.

Maydonlar-MB strukturasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo’lib, har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.

Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo’lsa, sarlavhada maydon nomi yozib qo’yiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo’ladi.

Yozuv-mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. Yozuvning to’zilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi.

Demak, maydon MB ning asosiy strukturasi-elementi bo’lib, quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:


    • uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib, baytlarda o’lchanadi);

    • nomi (maydonning o’ziga xos alohida xususiyati);

    • imzo (podpis)(ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).

Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Matnli maydon. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.

2. Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va xisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo’lishi mumkin.

3. Sana va vaqtni ifodalovchi maydon. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab qo’yish imkonini beradi (masalan, 01.06.05 20:29:59) va 8 bayt o’lchamga ega.

4. Pul birliklarida ifodalangan maydon. Bu maydonda raqamlar pul birliklari bilan birgalikda ifodalanadi.

5. Hisobchi (Счетчик) maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni tartiblashda foydalanish qulaydir.

6. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolg’on» (false), 1 yoki 0, ha yoki yo’q kabi mantiqiy birliklar bilan ifodalanadi (Maydon o’lchami 1 bayt).

7. Ole-nomi bilan yuritiluvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar va videoyozuvlar shaklida ifodalanadi va ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi (Maydon o’lchami 1 Gbaytgacha).

8. Memo-katta o’lchamli matn maydoni. Matn uzunligi 256 belgidan uzun bo’lgan maydonda faqat matnning qayerdaligini ifodalovchi ko’rsatgich turadi. Bu holda har bir maydonda 65535 belgi saqlanishi mumkin. Matn va Memo maydonida hisob ishlarini bajarib bo’lmaydi.

9. Giperbog’lanish maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo’lib, biror fayl yoki saytga yo’l ko’rsatadi.

10. Qiymatlar ruyxatidan iborat bo’lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo’lgan ruyxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.

Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon — unikal maydon bo’lishini ta’minlash kerak.

Unikal maydon-bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydon hisoblanadi.


Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish