Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


WWW-World Wide Web (Jahon axborot tarmog’i)



Download 9,74 Mb.
bet60/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

WWW-World Wide Web (Jahon axborot tarmog’i)

WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. Hozirgi vaqtda internet xizmatining 90 % ga yaqinini WWW xizmati tashkil etadi. Internetga asos solingandan boshlab (1969 yil) WWW xizmati tashkil etilgunga qadar internet sekin rivojlandi va 25 yil davomida bor yo’g’i 2 millionga yaqin foydalanuvchiga ega edi xolos. WWW xizmati tashkil etilgandan so’ng esa (1996 yil), har yarim yilda internet foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib bordi. Bugungi kunda internet tarmog’ining foydalanuvchilar soni 300 milliondan oshib ketdi.

WWW xizmatining asosiy tushunchalari:


  • HTML formati;

  • Gipermatn bog’lanishi;

  • HTTР gipermatn uzatish protokoli;

  • Web xujjatlar;

  • Web uzel va saytlar;

  • Web sahifalarning aktiv komponentlari;

HTML формати тушунчаси

Shaxsiy kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What Yоu See Is What Yоu Get) «Nimani ko’rayotgan bo’lsang, o’shani olasan» printsipida ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan, MS Wоrd, Lexicоn kabilar yordamida.

Bunday programmalar yordamida biz elektron xujjatni xoxlagan shriftda, o’lchamda, chap yoki o’ng tomondan tekislangan holda, (ya’ni o’zimizga ma’qul bo’lgan «format» da) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni o’qimoqchi bo’lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy kompyuterida biz foydalangan matn tahrirlagich programmasi yoki shriftlar o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo’lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo’ljallangan «darcha»ning o’lchamlari, haqida hech qanday ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun ham, shaxsiy kompyuterda foydalaniladigan matn taxrirlagichlar va ularning "format"lash usullaridan internetda foydalanib bўlmaydi.

Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyrertext Markur Language) «gipermatnlarni belgilash tili» protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo’lgan HTML programmalashtirish tili bo’lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e’lon qilish mumkin.



НТТР "gipermatn" uzatish protokoli

НТТР (Hyрertext Transfer Рrоtоcоl) «gipermatnlarni uzatish protokoli» tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi «giperbog’lanish»dan hosil bo’lgan URL adresli elektron hujjatlarni o’qishga oid so’rov (Запрос) ni serverga jo’natish (xuddi shu vaqtda so’ralayotgan hujjat joylashgan server bilan aloqa o’rnatiladi) va so’ralayotgan hujjat olib bo’lingandan so’ng server bilan aloqani o’zishdan iborat.



Gipermatnli bog’lanish tushunchasi

Internetda elektron hujjatlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperbog’lanishlar yordamida ifodalashdir.

Giperbog’lanishlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Agar giperboo’lanish boshqa bir serverda mavjud bo’lgan alohida o’zining URL adresiga ega bo’lgan elektron hujjatga nisbatan ishlaydigan bo’lsa, u holda bunday giperbog’lanish tashqi deb ataladi. Ba’zi hollarda Web hujjat avtorlari qulaylik nuqtai nazaridan bir serverning o’zida joylashgan elektron hujjatning o’zini ham bir necha bo’laklarga bo’lib, giperbog’lanishlar yordamida ifodalaydilar, bunday giperbog’lanishlar ichki deb ataladi.

Web hujjatlar

HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa deb atalishi mumkin.

Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, va ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida borsa, u holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordiyu, ushbu hujjatdan foydalanish xaqida borsa, u holda bunday elektron hujjat Web sahifa deb ataladi.

Web o’zel yoki saytlar

Bitta mauallif yoki WWW ga tegishli bo’lgan bir gurux, o’zaro "giperbog’lanishlar" bilan aloqador bo’lgan Web cahifalar majmuasi Web o’zel (tugun) yoki sayt deb ataladi.



Web server

Web server tushunchasini 2 xil ma’noda ishlatish mumkin.

Agar WWW xizmatini ko’rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi programma ma’nosini anglatadi.

Agar so’z internetning texnik ta’minoti haqida borsa, u holda Web server Web resurslari saqlanayotgan va uning programma ta’minoti ishlab turgan kompyuter ma’nosini anglatadi.

Internet tarmog’ining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta server programmalar ishlab turishi mumkin. Masalan, Web server programmasi, FTP servis elektron pochta serveri programma ta’minotlari va h.k.

Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari (uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin.



Web saxifaning aktiv komponentlari

Ma’lumki, Web sahifa tarkibiga HTTP protokoli orqali amalga oshirib bo’lmaydigan alohida ob’ektlarni joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web sahifa tarkibiga biriktirilgan ob’ektlar HTTP protokoli kodlaridan farqli «programma» bo’lsa, u holda bunday ob’ekt Web sahifalarning aktiv komponentlari (ob’ektlari) deb ataladi.

Ushbu aktiv ob’ektlar yordamida Web sahifalarni joylashtirish mumkin. Masalan, animatsiya, multiplikatsiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki mijoz bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, fizika, ximiya yoki texnikaga oid har xil tajribalarni namoyish etish va h.k.

Web server bilan ishlash mobaynida Telnetra chetdan ulanishni bajarish, tarmoq mijozlariga elektron pochta yuborish, FTP anonim yordamida fayllarni olish va Internetning boshqa bir qator ilovalarida (amaliy programmalar) ish bajarish mumkin. Bu WWW Internetning integral xizmati deb hisoblashga imkon beradi.




Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish