Laboratoriya ish №3
Mavzu: Qobiq dasturlar bian ishlash.
Ishning maqsadi:Talabalarga qobiq dasturlar bian ishlash bo`yicha Laboratoriya bilim va ko`nikmalarni hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma'lumotlar..
Topshiriqlar:
1. WC ni ishga tushirish.
-[Пуск][Программы][Windows Commander]orqali ishga tushiriladi.
2. Fayl yaratish, faylga mos ma’lumotlar tayyorlash va uni diskka yozish.
-WC da yangi fayl tashkil qilish uchun [Shift]+[F4] tugmalari birgalikda bosiladi, hosil bo‘lgan muloqot paneli yo‘lagiga
yangi fayl nomi kiritiladi va [OK] bosiladi. Natijada “Tarjimai hol” sarlavhali bloknot oynasi paydo bo‘ladi va unga klaviatura orqali ma’lumotlar kiritiladi.
Matn diskka yozilishi uchun shu bloknot xususiy menyu satridagi “Файл” buyruqlar to‘plamiga kirib, undan “Сохранить” bandini tanlab bosishingiz mumkin.
3. Faylni nusxalash.
-Fayl yoki fayllar guruhini nusxalash uchun (fayllar guruhi [Insert] tugmachasi orqali oldindan ajratilgan bo‘lishi lozim) F5(Copy) tugmachasi bosiladi. Ekranning o‘rta qismida fayl yoki fayllarni ko‘rsatilgan manzilga nusxalashni tasdiqlash haqidagi so‘rov oynasi paydo bo‘ladi:
Qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilmasa, [OK] bosiladi va ob’ekt boshqa darchada joylashgan katalogga nusxalanadi. Agar matnli faylni printerda chop qilish kerak bo‘lib qolsa, buning uchun F5 (Copy) bosiladi va komputerning manzil so‘roviga chop etuvchi qurilmasining nomi – “prn” kiritiladi.
4. Faylni qayta nomlash.
-Faylni qayta nomlash uchun ko‘rsatkichni nomi o‘zgarishi kerak bo‘lgan fayl ustiga qo‘tib, F6 (Rename) tugmasini bosish lozim. Komputer so‘roviga faylning yangi nomi beriladi.
5. Fayl yoki fayllar guruhini o‘chirish.
-Buning uchun fayl yoki fayllar guruhi ajratilib ( [Insert] tugmasi yordamida), F8 (Delete) tugmachasi bosiladi.
6. Katalog yaratish.
-Ko‘rsatkich turgan joriy panelda biror yangi katalog tashkil qilish uchun F7 (Make Directory) tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan “Создать новый каталог” nomli oynachaga yangi katalog nomi kiritiladi va [OK] bosiladi.
7. Katalogga kirish va undan chiqish.
-Katalogga kirish uchun ko‘rsatkich katalog ustiga keltiriladi va “Enter” bosiladi, undan chiqish uchun esa katalogda mavjud bo‘lgan qism katalog va fayllarning eng yuqorisida joylashgan ikkita nuqta “. .” ustiga “Enter” bosiladi.
8. Katalogni qayta nomlash va o‘chirish.
-Katalogni qayta nomlash uchun F6(Rename) tugmasi bosiladi va yangi nom kiritiladi. Katalogni o‘chirish uchun esa u dastlab ko‘rsatkich yordamida ajratiladi va so‘ngra F8(Delete) tugmasi bosiladi.
9. Darchada katalog daraxtini ko‘rish.
-Darchada katalog daraxtini ko‘rish uchun [Alt]+[F10] tugmachalari bir vaqtda
bosiladi. Boshqa darchaga o‘tish uchun esa [Tab] tugmasi bosiladi.
Dasturdan chiqish.
Dasturdan chiqish uchun Alt+F4 tugmasi yoki “Файл” menysidan “Выход” tanlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |