Laboratoriya ish №4
Mavzu: Paint programmasi bilan ishlash.
Ishning maqsadi:Talabalarga paint programmasi bilan ishlash bo`yicha Laboratoriya bilim va ko`nikmalarni hosil qilish.
Kеrakli jihozlar: Turli tasvirlar, ranglar va geometrik figuralar
Qisqacha nazariy ma'lumotlar.
Topshiriqlar:
Paint dasturini ishga tushirish.
-ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
2. Yangi shakl yoki rasmni ekranda chizish.
-Paint yuklangach, ekranda uning darchasi hosil bo‘ladi. Ekranning yuqori qismida dastur menyusi, quyi qismida rasm yoki shakl chizish uchun rasm va fon tanlanadigan bandlari, chap tomonida shakl chizishda ishlatiladigan jihozlar hosil bo‘ladi. Chizish uchun kerakli jihoz sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi.
3. Ekrandagi rasmni xotiraga fayl ko‘rinishida yozish.
-Buning uchun “Файл” buyruqlar to‘plamiga kirib, undan “Сохранить” bandi tanlanadi va sichqoncha tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan komputer so‘roviga faylning nomi klaviatura orqali kiritiladi va “Enter” bosiladi. Natijada ekrandagi rasm xotiraga yoziladi.
4. Rasm qismini kesib olish yoki nusxasini olish.
-Sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida rasmning qirqib olinishi lozim bo‘lgan qismi ajratilib, “Правка” buyruqlar to‘plamidan “Вырезать” bandi tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Nusxasini olish uchun esa “Правка” menyusidagi “Копировать” buyrug‘I ishlatiladi.
5. Rasm qismini maxsus joyga o‘rnatish.
-Rasmni ko‘rsatilgan boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish “Правка” menyusidagi “Вставить” buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi.
6. Rasm o‘lchamini o‘zgartirish.
-Rasm o‘lchamini o‘zgartirish uchun “Вид” buyruqlar to‘plamiga kirib, “Масштаб” bandi tanlanadi va kerakli parametrlar o‘zgartiriladi.
7. Chiziqlar qalinligini tanlash.
-Chiziqlar qalinligini tanlash uchun jihozlar majmuasida chiziqlarga oid tugma bosiladi va majmuaning pastki qismidan kerakli qalinlikdagi chiziq tanlanadi.
8. Bo‘yoqlarni (ranglarni) tanlash.
-Bo‘yoq (rang)ni tanlash “Палитра” menyusiga murojaat qilinadi. Hosil bo‘lgan paneldan foydalanib, undagi mavjud istalgan rangni tanlash yoki ranglarni aralashtirib yangi rang olish ham mumkin.
9. Rasm tevaragiga (ustiga, ostiga, yon tomoniga)yozish.
-Rasm tevaragiga yozish uchun dastlab ko‘rsatkich orqali jihozlar to‘plamidagi belgi faollashtiriladi. So‘ngra sichqonchaning ko‘rsatkichi yozish kerak bo‘lgan joyga keltirilib, chap tugmasi bosiladi. Natijada hosil bo‘ladigan “Шрифты” panelchasidan kerakli shrift turi biror o‘lchamda tanlanadi va harflar klaviaturadan teriladi.
10. Paintda ishni tugatish.
-Dasturdan chiqish uchun: a) “Файл”ga kirib, “Выход” bandi ustida sichqoncha tugmasi bosiladi; b) dastur oynasini yopuvchi tugmaga murojaat qilinadi; c) masalalar panelidagi dasturga tegishli tugma ustida kontekst menyu ochilib, undan “Закрыть” buyrug‘i tanlanadi; d) klaviaturadan [Alt]+[F4] klavishlar kombinatsiyasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |