AXBOROT – BIBLIOGRAFIK XIZMAT KО‘RSATISH
Ushbu tarmoqda axborot-bibliografik xizmat kо‘rsatish mazmuni ijtimoiy fanlar mutahassislarining, mavkuraviy ish jabhasidagi barcha xodimlarning talab- ehtiyojlari bilan faoliyatining amaliy iqtisodiy-xuquqiy va boshqa sohalarini axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy fanlarni, mustaqil о‘qib, siyosiy bilimni oshirishni о‘rganish vazifalari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyot bilan axborot-bibliografik xizmat kо‘rsatish formalari shu ishning boshqa sohalaridagi singari qо‘llaniladi, lekin ushbu tarmoq tadbirlarining turlari uchun ba’zi bir о‘ziga xos xususiyatlariga ega.
Chunonchi, ijtimoiy-siyosiy mazmundagi kitoblar kutubxonalarning fondlariga yangidan tushgan xilma-xil byulletenlarda doimo aks ettiriladi. Bunday byulletenlar umumiy tusga ega bо‘lsa, u vaqtda ana shunday adabiyot odatda, rо‘yhatning bosh qismida joylashtiriladi. Bunday axborot abonentlarining ozmi-kо‘pmi barqaror guruhlarini ajratib kо‘rsatish imkoniyati bо‘lsa; u chog‘da yangi adabiyot rо‘yhatlari guruhli axborot shaklida yuboriladi. Masalan, oliy о‘quv yurtlarining kutubxonalari ularni kо‘pincha ijtimoiy – siyosiy fanlarning ayrim kafedralari uchun tayyorlaydi. Korxonalarning kutubxonalari esa bularni iqtisodiy profildagi reja, moliya va shu kabi boshqa bо‘limlar uchun tayyorlaydi. Ba’zi viloyat kutubxonalari tarix va jamiyatshunoslik о‘qituvchilari uchun mо‘ljallangan yangi adabiyot rо‘yhatlarini hududdagi maktablarga yuboradilar. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi kitoblarga doir axborot uchun mahalliy gazetalar, shu jumladan kichik nushali gazetalar, radio, televideniye singari vositalaridan keng foydalaniladi. Bir oylik yoki boshqa davr uchun kutubxonaga keltirilgan yangi ijtimoiy-siyosiy adabiyot obzorlari magnitafonga yozilib, telefon tarmog‘iga ulanadi.
Kartotekalar, obzorlar va axborotning boshqa bibliografik formalari, odatda, kutubxona ishining «Axborot kunlari», «Bibliografiya kunlari» va shu kabi boshqa usullari bilan birga tashkil qilinadi va о‘tkaziladi. Ma’naviyat va ma’rifat milliy g‘oya va milliy g‘ururlarga bag‘ishlangan о‘qishlar kabi ommaviy tadbirlar tо‘la-tо‘kis shu sohaga aloqadordir. Kutubxonalar bunday tadbirlarni odatda, shahar, rayon, korxona va kamolot, ma’naviyat va ma’rifat tashkilotlari, madaniyat uylari bilan birgalikda о‘tkazadilar. Yoshlar bunday axborotning asosiy adresatidir. Shu boisdan ma’ruzalarga, og‘zaki jurnallarga va ana shunday tadbirlarda qо‘llaniladigan kitobni targ‘ib qilishning boshqa usullariga bibliografik materiallar tayyorlash chog‘ida kitobxonlar shu guruhi uchun mо‘ljallangan tavsiya bibliografik qо‘llanmalar tuzishning uslubiy prinsiplariga asoslanishi zarur. "Kamolot" jamg‘armasi faollari ana shu maktab mashg‘ulotlari asosida sо‘ngra о‘z tashkilotlarida turli saboqlar, ijtimoiy-siyosiy о‘qishlar о‘tkazadilar. “Men mustaqil О‘zbekiston fuqarosiman”, “Mamlakat va о‘z taqdiri xо‘jayini” (mamlakat va о‘lka yoshlarining ishlari haqida), “О‘z vaqtim uchun men javobgar” (“yoshlarning xalqaro demokratik harakati tо‘g‘risida”), “Yoshlar, odob, XXI asr» (Hozirgi yigit va qizning ma’naviy qiyofasi haqida) va boshqalar maktab mashg‘ulotlarining mavzularidir.
Tavsiya etiladigan qisqacha rо‘yhatlar, obzorlar yagona siyosiy kunlarda tuziladi va о‘tkaziladi, turli tashkilotlar bunday kunlarni barcha mehnat jamoalarida oy sayin о‘tkazadilar. Bunday kunlar, odatda, ichki va xalqaro siyosatning eng muhim masalalariga bag‘ishlanadi. Hozirgi siyosat mavzulari kitoblarda xali yoritilmaganligi sababli bunday rо‘yhatlarga maqolalar, shu jumladan xatto gazeta materiallari ham keng kо‘lamda kiritiladi. Ammo bunday xollarda Prezident asarlari va davlatning rahbarlik materiallarini birinchi navbatda tavsiya qilish zarurligini esdan chiqarmaslik kerak.
Keyingi vaqtlarda ommaviy kutubxonalarda kitobni targ‘ib qilishning ijtimoiy-siyosiy klublar singari formalari qо‘llanimoqda. Bunday klublarning maqsadi qiziqishini chuqurlashtirishdan, ijtimoiy - siyosiy adabiyotni о‘qiyotgan kitobxonlar bilan muttasil ravishda ish olib borishdan iborat. Bu uyushmalar qatnashchilarini kundalik siyosiy voqealar bilan tanishtirishni maqsad qilib qо‘yganliklari tufayli ularning ishi ommaviy axborot vositalari gazetalar, radio, televideniye о‘tkazayotgan targ‘ibot bilan bog‘langan bо‘lishi mumkin. Chunonchi, tematikaga oid bibilografik rо‘yhatlar markaziy radio eshittirish va televideniyening yetakchi dasturlari: «Vremya», «Xalqaro obzor», «Yoshlar telekanali», «Assalom О‘zbekiston», «Axborot» va boshqa dasturlar bilan bog‘langan bо‘lishi kerak. Ularning vazifasi hozirgi siyosiy voqealarni imkoni boricha tezkor aks ettirishdan iborat. Shu sababli, odatda kо‘rgazmalar tashkil qilish, plakatlar namoyish etish va kitobni kо‘rgazmali targ‘ib qilishning boshqa turlari bilan birga uyushtiriladigan rо‘yxatlar (yoki kartotekalar) har kuni tо‘ldirilib, yangilanib turishi kerak. Bularni yangi maqolalargina emas, shu bilan birga kundalik siyosat bilan bog‘liq shunga о‘xshash bir qancha muammolarga oid kitoblar aks ettirilgan bir muncha tо‘liq rо‘yhat va kartoteka bilan ham qо‘shib olib borishi mumkin. Ba’zan ana shunday klublarning mashg‘ulotlari mamlakatimiz ayrim о‘lka yoki tumanlari turmushiga bag‘ishlanadi. Masalan. «Sayyohatchilar klubi» eshittirishi havaskorlar uchun mо‘ljallangandir. Bunday xollarda adabiyotni tavsiya qilish imkoniyati ancha kengdir.
Kutubxonalar klublar bilan birgalikda amalga oshirayotgan boshqa ommaviy tadbirlar: tematik kechalar, munozaralar, konferensiyalar va shu kabilarni tayyorlash hamda о‘tkazish chog‘ida ham ana shunday bibliografik axborot olib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyot tabaqalashtirilgan, guruhli va yakka shaxs axborot-bibliografik ish keng kо‘lamda olib borilmoqda. Masalan, ushbu kutubxonaning barcha kitobxonlari uchun mо‘ljallangan «Axborot kunlari» yoki «Bibliografiya kunlari» bilan bir qatorda, odatda, axborotning bibliografik shakllari bilan birgalikda о‘tkaziladigan «Targ‘ibotchi kunlari», «Murabbiylar kunlari» va shu kabilar keng ommalashdi. Bunday materiallarda kitobxonlarning ana shu guruhlari bilan olib borilayotgan ish mazmuni va uning uslubi, ilg‘or tajribaga oid adabiyotlar, qо‘shiladi. Odatda mavzular ayniqsa tarixiy va iqtisodiy mavzular umumiy tusdagi adabiyotdangina emas, shu bilan birga mahalliy, о‘lkashunoslik materiallarida ham ochib beriladi. Ba’zan ozmi-kо‘pmi katta guruhlar ichida ancha katta aniq kichik guruhlar ajratiladi. Chunonchi, targ‘ibotchilar uchun mо‘ljallangan axborotda ularning faoliyatini mavzu bо‘yicha uslubiy tayyorgarlik saviyasi bо‘yicha tabaqalashtirish nazarda tutiladi. Odamlar bilan ishlash tajribasiga ega bо‘lmagan va alohida e’tiborni talab qilayotgan yosh propagandistlar muloqot darslarini olib boruvchilar guruhi tez-tez ajratilmoqda. «О‘qituvchilar kuni»ga oid bibliografik axborot ham balki tabaqalashtirilgandir: о‘rta maktabda ijtimoiy-siyosiy fanlar о‘qituvchisiga yordam tariqasidagi materiallar bilan bir qatorda maktab janggovar va mehnat shuhrati muzeylariga boshchilik qilayotgan о‘qituvchilarga yordam sifatida ham ajratish foydalidir, bunda ana shu mazmuni bо‘yichagina emas, balki moddiy madaniy hujjatlar va yodgorliklarini tо‘plash va saqlash metodikasi bо‘yicha ham adabiyot ajratish ma’qul. Internatsional dо‘stlik klublarining rahbarlari bо‘lgan о‘qituvchilar uchun mamlakatshunoslik xarakteridagi adabiyotni ham, shuningdek internatsional tarbiya metodikasiga oid adabiyotni ham ajratish foydali bо‘lur edi. Kо‘pgina kutubxonalar guruhiy axborot abonementlari sifatida boshqaruv haqidagi adabiyotga ham, boshqaruv uchun mо‘ljallangan adabiyotga ham muhtoj bо‘lgan mahalliy boshqaruv organlari hodimlarini Mahalliy hokimiyat va Oliy kengash deputatlariga ajratadilar. Bu guruhda ham turli kichik guruhlar: rahbarlik tarkibi (hokim, uning о‘rinbosarlari, kotiba, xokimiyat a’zolari), hokimiyatlarda uning bо‘limlari va sektorlarida, tashkiliy, huquqiy va boshqa ishlarini olib boruvchi yordamchi ish apparati, tegishli deputatlar guruhlari bilan birgalikda hududdagi xо‘jalik va sotsial-madaniy qurilish tarmoqlariga bevosita rahbarlik qilayotgan tarmoq bо‘limlari va boshqarmalari bor. Ba’zan kichik guruhlar – muvofiqlashtirish – tartibga solib turish va reja – nazorat ishlarini amalga oshiruvchi bо‘linmalar xodimlari: rejaviy komissiyalari, moliya bо‘limlari va shu kabilar mahsus ajratiladi. Ana shunday kitobxonlarga axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatish kо‘pincha DOR tizimi bо‘yicha olib boriladi, bu tizim «muqobil aloqa» yо‘li bilan materialga о‘z vaqtida tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Boshqaruv xodimlarining mansab darajasi naqadar yuqori bо‘lsa, ular rayon xо‘jaligi va madaniyatining ozmi-kо‘pmi tor tarmoqlari yuzasidangina emas, shu bilan birga uning ishining ma’muriy-boshqaruv jihatlari yuzasidan ham materiallar, qonun aktlari va boshqa normativ aktlar, shu jumladan ularga kiritilgan joriy о‘zgarishlar yoki qо‘shimchalar haqida tezkor axborot, davlat ish tajribasi, instruktiv – uslubiy materiallar о‘shancha kо‘proq zarur bо‘ladi. Ularning axborotga bо‘lgan talabi shuki, u yuksak darajada umumlashtirilgan, yangi va ayni vaqtda tо‘la, aniq va lо‘nda bо‘lsin. Ular ish mazmuniga kо‘ra odatda xudud yoki uning xо‘jaligi va madaniyati tarmoqlari tendensiyalari va asosiy muammolarga oid, shu jumladan oldindan aytib beriladigan axborotni, jamlangan statistik ma’lumotlarni va shu kabilarni о‘z ichiga oladigan adabiyot ham odatda talab qilinadi.
Oliy о‘quv yurtlarining kutubxonalari ham о‘qituvchilarga, ham talabalarga bibliografik axborot hizmat kо‘rsatishni tashkil qilmoqda. Ijtimoiy fanlar kafedralari axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatishi (bu hizmat ba’zan xududdagi turli oliy о‘quv yurtlari kafedralari uchun «doiraviy (aylanma) pochta» yо‘li bilan yoki kafedralari kollektivlaridan axborotchilarni jalb qilgan holda olib boriladi) bilan bir qatorda, boshqa о‘qituvchilarning talab-ehtiyojlari e’tiborga olinadi, jumladan talabalar guruhlarga yoki oliy о‘quv yurtida tarbiyaviy ish muammolari bо‘yicha kurslarga kо‘pincha axborot-bibliografik hizmati kо‘rsatiladi. Jamiyatshunoslik tadqiqotlarining, kо‘pincha kafedralararo tadqiqotlarning yoki xatto boshqa ilmiy markazlarini jalb qilgan xolda oliy о‘quv yurtlararo tadqiqotlarining eng muhim mavzulari bibliografik axborot bilan ta’minlanadi.
Talabalarga axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatish ularning ijtimoiy fanlarni о‘rganishga, kurs va malakaviy bitiruv ishlarida hamda boshqa о‘quv topshiriqlarini (UIRS konferensiyalarda va boshqalar) bajarishlariga qaratilgandir. Bunday axborot kо‘pincha Oliy о‘quv yurtida о‘rganiladigan ijtimoiy fanlar kartotekalar shaklida yoki о‘quv mashg‘ulotlarining boshqa formalari bо‘yicha: UIRS uchun tavsiya etilgan talabalar dokladlari va shu kabilar mavzu asosida olib boriladi. Ba’zi oliy о‘quv yurtlarining kutubxonalari talabalar mustaqil bilim olishlari uchun, tarbiya qilish qiyin bо‘lgan о‘smirlarning murabbiylari va shu kabilar uchun axborot bibliografik hizmat kо‘rsatishni tashkil qilib, о‘qishdan tashqari ishda ham talabalarga yordam bermoqdalar.
Korxona va muassasalarning kutubxonalari guruhiy axborot bibliografik hizmat kо‘rsatish uchun eng kо‘p imkoniyatlariga ega. Shu kutubxonalarda axborot materiallarning mavzuni aniq belgilash, abonentlarning aniq guruhlarini ajratish, axborotning eng samarali formalarini (DOR, IRI va boshqalar) qо‘llash mumkin. Bunday axborot odatda mahsus kafedralar asosida olib boriladi, bu kartalarda korxonaning, uning bо‘limlari va hizmatlarining umumiy profiligina emas, shu bilan birga iqtisodiy ta’lim va siyosiy maorif kadrlar kasaba uyushmasi va ishlab chiqarish о‘quvi sistemalarning tashkil etilishi, madaniy-ommaviy ish bilan shug‘ullanayotgan bilimlarning va shu kabilarning faoliyati ham hisobga olinadi. Ana shunday kartalarning tahlili guruhiy axborot vazifasi va mavzusi bо‘yicha maqsadga muvofiq yо‘nalishni belgilab olish imkonini beradi. Bu axborot mazmun jihatidan aniq jamoa vazifalariga eng kо‘p darajada yaqinlashtirilishi lozim. Bunda mamlakatni, tarmoqni, regionni, umuman korxonagina emas, shu bilan birga uning ayrim bо‘limlarini ham iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning umumiy vazifalari va yakunlari hisobga olinadi. Masalan, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish talab qilingan sex xodimlari uchun ana shu mavzu yuzasidan axborot tayyorlanishi lozim bо‘ladi. Shu bilan birga ikkinchi bir bо‘linma uchun ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish masalasi, uchinchi bir sex uchun esa eng muhim muammo bо‘lishi mumkin. Ana shu kutubxonalarning bibliografiyalari tarmoq bо‘yicha joriy bibliografik qо‘llanmalar markazlashtirilgan tizimiga tayanib yangi adabiyot tо‘g‘risidagi kо‘proq maqsadga qaratilgan axborotni vujudga keltirib oladilar. Odatda, bunday axborotda siyosiy va iqtisodiy adabiyot boshqa tarmoq (Texnika, qishloq xо‘jalik) adabiyoti bilan birga beriladi. Bunday axborot kо‘pincha og‘zaki obzorlar tariqasida "Doiraviy (aylanma) pochta" yо‘li bilan (bir qancha bо‘linmalar uchun qiziqarli mavzular bо‘yicha), telefon orqali, kо‘pincha kitobxonlar turli guruhlari uchun kо‘p kanalli axborotlardan foydalangan holda bevosita sexlarda yoki boshqa bо‘limlarda о‘tkaziladi.
Tadqiqotchilarga va ilmiy markazlarga, davlat apparati yuqori bо‘limiga, va shu jumladan ayrim ministrlik idoralariga axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatish ishini ham kо‘p tarmoqli (INION va uning tarmoqlari hamda shu kabilar), ham tarmoq markaziy axborot markazlari olib boradilar. Bu markazlarning aksariyati о‘zlarining hozirgi bibliografik nashrlarini tarmoq mutaxassislarining asosiy guruhlariga yubormoqdalar. Kо‘pgina markazlarda adabiyot tо‘g‘risidagi yangi axborot ayni vaqtda EHM xotirasiga kiritilmoqda va u bevosita markazning о‘zida ham masofada turib ham abonentlar tomonidan foydalanishi mumkin. Bundan avval aytib о‘tilganidek, ASNTI INION ning rivojlanishi bilan rahbar oliy о‘quv yurtlarining о‘qituvchilarning sotsial-iqtisodiy axborot bilan ta’minlashning keng istiqbollari ochilmoqda. Bunday axborot INIONdagi axborotni magnit tasmalaridan chiqaradi, ular mamlakatimizdagi va MISON a’zosi bо‘lgan mamlakatlardagi kо‘pgina ilmiy-texnika axborot markazlariga yuborilmoqda. Keyinchalik ma’lumotlar va kartografik tizimlarning muammoli mо‘ljal bazalarining yaratilishi kо‘zda tutilmoqda. INION AIPS va ijtimoiy fanlar sohasida tarmoqlarni vujudga keltirish tajribasini ommalashtirish metodik markazidir.
Eng aktual va muhim kompleks mavzulari ishlab chiqish bilan tadqiqot uchun jamiyatshunoslik jamoalarga, ayrim yetakchi olimlarga shuningdek davlat apparatining xodimlari IRBIS bо‘yicha axborot hizmati kо‘rsatiladi. INIONda axborot – bibliografik hizmat kо‘rsatishning bu yо‘nalishi 1976 yildan rivoj topdi. IRBIS bо‘yicha MDH respublikalarining SNION ham hizmat kо‘rsatiladi. Kо‘pgina boshqa kutubxonalar va tarmoq markazlari ham о‘z abonentlariga IRBIS bо‘yicha hizmat kо‘rsatadilar. Ana shu abonentlar jamoasi aniq imkoniyatlarini hisobga olib belgilanadi. Chunki axborotning bu shakllari g‘oyat sermehnat bо‘lib biliograflarning yuksak malakali bо‘lishini taqozo etadi. Xudud yoki tarmoqning rahbar kadrlari, yetakchi jamiyatshunos olimlar, kо‘pgina ilmiy jamoalari, ba’zan jamoadagi axborot vaziyatini oldindan о‘rganish yо‘li bilan norasmiy rahbarlar ijtimoiy-siyosiy mavzuga oid axborotning ana shu shakllari bilan odatda guruhiy yoki yakka tartibda hizmat kо‘rsatadilar. Bunda shu narsani e’tiborga olish muhimki, о‘sha bir shaxsning turli axborot talabi ehtiyojlari har xil axborot markazlarining kuch-g‘ayratlari bilan ta’minlanishi mumkin. Masalan, kitobxon о‘zining tadqiqot yoki ishlab chiqarish mavzui bо‘yicha mahsus kutubxonada yoki tarmoq axborot markazida IRI yoxud DOR abonenti bо‘ladi. Shu bilan birga targ‘ibotchi sifatida uning ehtiyoji mahsus kutubxonani ancha keng guruhiy axborotning о‘sha metodlari va vositalari bilan qondiriladigan bо‘ladi.
Axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatish sohasida ma’lumot-bibliografik ishdagi singari muvofiqlashtirish korporatsiyalash muhimdir. Bu esa ijtimoiy-siyosiy mavzular yuzasidan axborotga bо‘lgan xilma-xil talab ehtiyojga hizmat kо‘rsatishda turli markazlar faoliyati sohasini chegaralashdangina namoyon bо‘layotgani yо‘q. U yoki bu axborot tadbirlari, ayniqsa shunday ommaviy tadbirlar kо‘pincha bir qancha kutubxonalar kuchi bilan tayyorlanadi va о‘tkaziladi. Masalan, korxona «Mutahassislar kuni»ni о‘tkazishni texnika adabiyoti kutubxonasi tayyorlaydi. Bu kutubxona odatda, ham iqtisodiy mavzudagi, ham kasaba uyushma mavzusidagi adabiyotni, mutahassisga foydali о‘z fondlarida bо‘lgan boshqa ijtimoiy – siyosiy adabiyotni yetarli darajada keng komplektlaydi. «Ma’naviyat kunlari» ham xuddi shunday regiondagi ommaviy va mahsus kutubxonalar bilan birgalikda о‘tkaziladi.
Axborotni tayyorlash va uning yakunlariga baho berishga ijtimoiy siyosiy adabiyot kitobxonlarining о‘zlari jalb qilingan xollarda axborot- bibliografik hizmat kо‘rsatish eng kо‘p samaralar berdi. Mutaxassislarga axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatgan chog‘da bu ayniqsa muhimdir. Lekin u yoki bu axborotni olayotgan kitobxonlar bilan og‘zaki suhbatlar tarzida bо‘lsa ham «Muqobil aloqa» vositalari ommaviy va guruhiy axborot talab-ehtiyojlarining о‘zgarishlariga о‘z vaqtida munosabatlarini bildirish va shularga muvofiq tarzda axborot-bibliografik hizmat kо‘rsatish shakl va uslublarini takomillashtirish, axborot materiallarining mavzusini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |