Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


-MAVZU.MAFKURAVIY FAOLIYAT MILLIY G‘OYANI



Download 0,97 Mb.
bet34/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

6-MAVZU.MAFKURAVIY FAOLIYAT MILLIY G‘OYANI
AMALGA OSHIRISH VOSITASI
REJA:
Kirish

  1. Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

  2. Mafkuraviy faoliyat muayyan g‘oyani amalga oshirish jarayoni.

  3. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‘llari.

  4. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari.

Xulosa
Adabiyotlar ro’yhati
K I R I SH
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish jarayoni jadallik bilan davom etmoqda. Bu borada respublikamizning yetakchi jamiyatshunos olimlari o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib borishmoqda. Fikrlar xilma-xilligini ta’minlashda, ularni yagona maqsad - milliy istiqlol manfaati tomon yo‘naltirishda ommaviy axborot vositalari fidoyilik qilayotirlar. Ommaviy axborot vositalarida bayon qilinayotgan g‘oyalar bilan tanishar ekanmiz, O‘zbekistonda yagona umummilliy g‘oyaga asoslangan milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasi ishlab chiqishga bo‘lgan extiyoj kundan-kunga ortib borayotganligiga ishonch hosil qilamiz. Chunki har qanday davlat, har qanday jamiyat o‘zining milliy g‘oyasiga, milliy mafkurasiga ega bo‘lmas ekan, u qorong‘ida yo‘l topa olmay yurgan sayyohga uxshab qoladi.
Mafkura haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, hohlaymizmi yoki yo‘qmi, mulohazalarimiz turli millat va elat, maslak va man-faatlarga ega bo‘lgan jamiyat a’zolarining ijtimoiy tarbiyasiga borib taqaladi. Ijtimoiy tarbiyaning yadrosini mafkuraviy faoliyat tashkil etadi. Xuddi shuning uchun ham milliy istiqlol mafkurasining ijodkorlari, tashkilotchilari va targ‘ibotchilari mafkuraviy faoliyat jarayonini sodir bo‘lish mexanizmining nazariy va amaliy tomonlarini aniq tasavvur etishlari darkor.
1.“Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Mafkuraviy munosabatlar sistemasi va uning strukturasini tiniq tasavvur etmasdan turib milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalari, ustivor yo‘nalishlari va sohalarini, omillari va vositalarini, uslublari va usullarini aniq belgilab olish amri mahol. Ushbu murakkab mexanizm strukturasi tahlilida “tarbiya” “mafkura”ga qaraganda qamrovi keng tushuncha ekanligini unutmaslik darkor.
Tarbiya ijtimoiy borliqning o‘ta murakkab shakllaridan biridir. Shuning uchun ham u turli ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Mafkuraviy faoliyat samaradorligini insonparvar, demokratik jamiyat talabi darajasiga ko‘tarmoq uchun avvalo ushbu jarayon tashkilotchilari tarbiya bajaradigan turli ijtimoiy funksiyalarning mohiyatini, ushbu funksiyalarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi xususiyat va xossalarini aniq ajrata bilishlari zarur. Chunonchi, bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi vorislik vazifasini bajarsa, ikkinchi bir holatda ajdodlarimiz va avlodlarimiz to‘plagan ja’miki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlarning to‘plami, yig‘indisi, ular to‘plagan tarixiyijtimoiy tajriba, barcha bilimlar va ilmlarni bilish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi bir holatda tarbiya tarbiya beruvchi shaxsning professional mahoratini ifodalaydi. Shuning uchun ham tarbiyani ba’zan mahorat, san’at deb ham talqin qiladilar. To‘rtinchi bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga bog‘lovchi vorislik funksiyasini bajaradi. Shuningdek, tarbiya insonning mustaqil shaxs bo‘lib kamol topishida hal qiluvchi omil, jamiyatning barcha sotsial institutlari, mafkuraviy muassasalar amalga oshirgan tarbiyaviy ishlarning natijasi, hosilasi deb ham sharhlanadi.
Tarbiya ma’lum bir maqsadga qaratilgan, aniq dastur, reja asosida amalga oshiriladigan ongli, mafkuraviy faoliyat hamdir. Xuddi shunday mafkuraviy faoliyat yordamida inson bolasining faoliyati, jamiyatdagi ma’lum bir sotsial guruh yoki tabaqa, sinf yoki shaxs, millat yoki elat, partiya yoki davlat, oila yoki kollektiv manfaati tomon burib yuboriladi. Lekin bundan inson shaxsi faqat mafkuraviy ta’sirning mahsuli degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki inson shaxsining kamol topishida hech qanday dastursiz, rejasiz, stixiyali ta’sirning) ham ahamiyati katta bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday ta’sir ma’lum bir tuzilma (sxema) yoki andoza asosida emas, erkin stixiyali, reglamentsiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun inson shaxsni ma’lum bir maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta’sirning mahsuli bo‘lish bilan birga stixiyali sodir bo‘ladigan tabiiyijtimoiy muhit ta’sirining ham natijasidir.
Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari turmush tarzimizning barcha jabhalariga tezkorlik bilan kirib borayotganligi oqibatida informatsiyalar oqimi uzluksiz ortib borayotir. Bunday informatsiyalar ta’sirida jamiyatning turli sotsial institutlari amalga oshirayotgan maqsadga muvofiq mafkuraviy ta’siridan ba’zan tabiiyijtimoiy muhitning stixiyali ta’siri ustunlik qilmoqda. Bunday tendensiya ayniqsa respublikamiz bozor iqtisodiyoti tomon borayotgan hozirgi sharoitda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xuddi shuning uchun ham adolatli, insonparvar, demokratik jamiyat barpo etilayotgan O‘zbekiston sharoitida xalq, millat, davlat manfaatiga qaratilgan mafkuraviy ta’sirni, tabiiyijtimoiy muhitning stixiyali ta’siridan ustunligini ta’minlamoq, jamiyatning barcha sotsial institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlarni muvofiqlashtirish, ularni yagona maqsad mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat manfaati tomon yo‘naltirish, umumdavlat, umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy zaruriyatdir.
Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlatni barpo etish uchun ommaviy harakat avj olishi bilan mafkuraviy faoliyat jarayonini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kundankunga ortib borayotir.
Mafkuraviy munosabatlar sistemasida eng asosiy o‘rinni umumiy ta’lim maktablari egallaydi. Chunki endigina oila va uning yalovbardorlari ota, ona, bobo, momolarning individual tarbiyasi ta’siridan chiqqan bolakay umumiy ta’lim maktablarining rejalashtirilgan tarbiyaviy, ya’ni mafkuraviy ta’sir doirasiga kiradi. O‘sha kundan e’tiboran murg‘ak faoliyatini jamiyat, millat manfaati tomon burish uchun dastlabki qadam tashlanadi.
Umumiy ta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa sotsial institutlari oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mexnat kollektivlari, turli jamoat tashkilotlari, madaniyma’rifiy muassasalar, uyushmalar amalga oshirayotgan bir butun, mafkuraviy ta’sir doirasida bo‘lib, o‘sha maqsadli, ongli faoliyatning davomidir.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish