Qarshi davlat 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9-“B” sinf o‘quvchisi choriyev azizbekning o‘zbekiston tarixi fanidan



Download 20,95 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,95 Kb.
#225726
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT (BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI)



QARSHI DAVLAT 1-IXTISOSLASHTIRILGAN

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI

9-“B” SINF O‘QUVCHISI

CHORIYEV AZIZBEKNING

O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI” MAVZUSIDA YOZGAN

REFERATI

FAN O‘QITUVCHISI: JO‘RAYEVA E.


Mavzu:

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI
REJA:

1. Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri.

2. Mardikorlikka safarbarlikning e’lon qilinishi.

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI

XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning mustamlakalarga ega bo‘lish masalasida o‘zaro munosabatlari keskin ko‘rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq - Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo‘ydi. Busiz ham G‘arbiy Yevropa davlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o‘z mus- tamlakalaridan, jumladan, Turkiston o‘lkasidan ham yanada ko‘proq foyda olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko‘proq o‘zlashtirishga jon-jahdi bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa arzon mehnat kuchi sifatida foydalanishga harakat qildi.

Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik e'lon qilindi. Safarbarlik Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi. Unga ko‘ra Turkiston o‘lkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi. Aynan hosillarni yig‘ib olish vaqtiga to‘g‘ri kelgan bu chaqiruv Turkiston o‘lkasidagi Rossiya gubernalaridan ko‘chirib keltirilganlarning oilalari uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Asosiy ishchi kuchi bo‘lgan erkaklarning urushga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ularning yomon ahvolga tushishiga sabab bo‘ldi.

1914-yilda Turkistonda «favqulodda muhofaza holati» deb e'lon qilinishi natijasida mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat va jazo choralari kuchaydi. Turkiston aholisi urushga safarbarlik e'lon qilinishiga qarshi chiqib, «favqulodda holat» tartiblariga rioya etmay qo‘ydilar. Bunday tartiblarni buzganlar 50 so‘mgacha jarima to‘laydigan yoki 3 oygacha qamoqqa olinadigan bo‘ldi. Busiz ham aholi turmush sharoitining yomonligi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yetishmasligi, narx-navoning oshib ketganligi o‘lkada norozilik kayfiyatining yanada oshishiga hamda ommaviy ko‘rinishdagi qo‘zg‘olonlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Urush davomida qishloq xo‘jaligi vayron bo‘ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temiryo‘lda bosh-boshdoqlik hukmron bo‘lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo‘jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko‘lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo‘ldi. Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlantirishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko‘paydi.

Talafotlar o‘rnini to‘ldirish va harbiy xarajatlar o‘sishini qoplash maqsadida qo‘shimcha mablag‘lar izlar ekan, chor hukumati o‘zi uchun ancha odatiy va eng oson bo‘lgan yo‘ldan, ya'ni o‘z mustamlaka o‘lkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o‘z mustamlakalari, jumladan, Turkiston o‘lkasi gardaniga yuklash yo‘lidan bordi.

1914-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o‘sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi.



Urush ketayotgan joylardagi vayronagarchiliklarni tugatish, mudofaa inshootlarini qurish, urush­ga oziq-ovqat va qurol-yarog‘larni tayyorlash va ularni joylarga yetkazish ishlari katta muammoga aylandi. Bu ishlarni amaliy boshqarish va tashkil qilish umuman izdan chiqib ketdi. Muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi va front ortida ishlash uchun ko‘plab odamlar zarur bo‘ldi. Shu vaziyatdan kelib chiqib amaldagi hukumat tomonidan imperiya mustamlakalaridagi tub aholi vakillari va urushga safarbar qilinmagan kishilardan front orqasidagi ishlarda foydalanishga qaror qilindi. 1916-yil 25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II (1894-1917) Oliy Bosh qo‘mondon va harbiy vazir taklifi bilan chiqargan farmoni bo‘yicha «front ortidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarligi» boshlandi.
Download 20,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish