Qarshi axborot texnologiyalar texnikumi


Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi. Uyga vazifani berilishi: 2



Download 17,17 Mb.
bet48/78
Sana09.06.2022
Hajmi17,17 Mb.
#645775
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi. Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg‘lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi. (-ilova)

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.



Mavzu: OSI modelida o‘zaro aloqaning etti qatlami. . Model darajalari bo‘yicha vazifalar va funktsiyalar. Ochiq tizim kontseptsiyasi.
Tayanch iboralar: OSI, МЭК, Transmission Control Protocol, DARPA
Reja:

1. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish

2.OSI tarmog'ining modeli bilan tanishtirish

3.OSI ning 7 qatlami


«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq tizimlarning o‘zarobog‘lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki ko’rininshida hujjat bo’lib ro‘yxatdan o‘tkazilan. 1978-yilda u OSI /ISO (GOST R
ISO/МЭК 7498-1-99) tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi. Modelning maqsadi har bir pog‘onada hozirda mavjud yoki mavjud bo‘lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. Shu sababli tarmoqda yangi texnologiyalar «bir-biriga bog‘langan» pog‘onalarni to‘liq qayta ishlamasligi mumkin. OSI modelining arxitektorlar guruhi Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHning kompyuter-telekom sanoati vakillaridan iborat edi. Ularning yordamida qisqa muddatda ochiq tizimlarning to‘liq ishlashiga erishildi. Qaysidir vaqtgacha OSI to‘g‘ri bo‘lib ko‘rindi. Butun yer yuzi bo‘ylab minglab texnika siyosatchilari va muhandislari OSI standartlarini yaratish bo‘yicha katta hissalarini qo‘shdilar va u kimga kerak bo‘lsa, barcha uni qo‘llabquvvatladi. Bular kompyuter va telekommunikatsiya kompaniyalari, xalqaro standartlarni ishlab-chiqaruvchi qo‘mitalar va davlatning milliy boshqarmalari edi. 1980-yillarning o‘rtalarida shubhasiz yutuq OSI standartlarini qabul qilishdan boshqa yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi.
O‘tgan asr 90-yillarning oxirlariga kelib, OSI loyihasi unutila boshlandi.
Nima sababdan? Sababi arzon va moslashuvchan bo‘lgan va kam ta’riflangan alternativ Transmission Control Protocol / Internet Protocol (TCP/IP) borligi bo‘ldi. OSI loyihasi darz ketganda (bu rasman 1996-yilda bo‘lgan) Internetning asosiy g‘oyachilaridan biri Eynar Stefferrud (Einar Stefferud) «OSI is a beautiful dream, and TCP/IP is living it», ya’ni «OSI modeli qanday chiroyli orzu, TCP/IP esa barchasidan yashovchandir» degan edi.
1960-yilda raqamli texnikaning tarixi boshlanadi. O‘sha paytlar kompyuter aloqasining raqamli tizimi kuchli boshlang‘ich holatda edi va hukumatning ilmiy-tadqiqot dasturlari minglab mutaxassislarning intensiv, keng miqyosdagi tadqiqotining predmeti hisoblanar edi. Ularning ichida istiqbolli loyihalardan biri hammaga ma’lum «paketli kommutatsiya» edi. Bu konsepsiyaning muallifi — RAND kompaniyasining a’zosi Pol Beran edi, lekin bu mavzuda, parallel ravishda, Angliyada milliy fizika laboratoriyasi olimi Donald Devis ham ish olib borayotgan edi. Paketlar kommutatsiyasidan kanallar kommutatsiyasining farqini ta’riflab o‘tirmaymiz. Elektr aloqa, telegrafdan boshlab yuz yillik tarixiga hamma o‘rgangan kanallar kommutatsiyasiga qaraganda, paketlar kommutatsiyasi ishonchli va samarali ishlashiga Beran va Devislar ishonar edilar.
DARPA-istiqbolli tadqiqotlar va mudofaa loyihalari agentligining homiyligi evaziga tadqiqotchilar birinchi bo‘lib, amaliy natijaga erishdilar va ARPANET deb nomlangan birinchi paketli kommutatsiya tarmog‘ini yaratdilar. 1969-yilda Kaliforniya shtati hududlarida bir shahardan boshqasiga bir nechta harflarni uzatish mumkin edi. Ko‘plab tashkilotlar birinchi navbatda, gigant IBM kompaniyasi, telefon monopoliyachisi AT&T kompaniyasi Yevropa telefonchilari bilan birgalikda bu g‘oyani ma’qulladilar va ularda paketli kommutatsiya tarmog‘i doirasida shaxsiy manfaatga qaratilgan rejalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham to‘liq moslashgan raqamli ma’lumot uzatish tarmoqlarida AT&T kompaniyasi tarmoqda investitsiyalarni va daromadlarni himoyalash maqsadida, baytlarni uzatish huquqini monopoliyalashtirish bo‘yicha fikr va g‘oyalarga ega. Shunday qilib, katta o‘yinning natijasi buyurtmachilar bilan IBM va telefon monopoliyachilari «kanal kommutatsiyasi» sxemasini texnik va tashkiliy jarayonlarini imitatsiya qiluvchi «virtual kanal»ni ichiga joylashuvchi «paketlar kommutatsiyasi» g‘oyasini ilgari surdilar.
Bu g‘oya atrofida ko‘plab tajribali mutaxassislar shug‘ullandilar.
Ularning fikriga ko‘ra, bu yagona variant edi, biroq hali ishlab chiqilmagan elektrik va boshqa fizik interfeyslar bo‘yicha savollar tug‘ila boshladi. Bu yo‘nalishda standartlarni yaratish Xalqaro tarmoqlar (INWG-) bo‘yicha ishchi guruh tashkil topishi bilan 1972-yildan boshlandi. Bu guruhning birinchi raisi Vint Serf edi. Bu guruhning boshqa vakillari Aleks Makkenzi AQSH, Donald Devis va Rodjer Skantlebyuri Buyuk Britaniya, Lui Puzen va Xubert Simmerman (Hubert Zimmermann) Fransiyadan edilar. INWGning maqsadi Lui Puzen ishlab chiqqan «deytagramm-stayl» paketli kommutatsiyasini rivojlantirish bo‘ldi. Deytagramm bog‘lanishning ahamiyati, bunda aloqa o‘rnatilishida uzatuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida to‘g‘ridanto‘g‘ri aloqa yo‘q. Ma’lumotlar oddiy paketlar ko‘rinishda ketma-ket uzatiladi va aniq bir paketni yetkazib berishda hech qanday kafolat yo‘q. Agar paket yo‘qolsa, faqat yo‘qolgan paket qayta yuboriladi.
Bu taklif IBM va telekommunikatsiya monopoliyachilari ilgari surgan virtual kanal orqali aloqani o‘rnatish usuli bilan solishtirilganda ajoyib edi. INWG a’zolari kanallar kommutatsiyasini va deytagramm tarmog‘ini qanday o‘lchash yo‘llarni aniqlash maqsadida «an’anaviy telefonchilar» bilan doimiy ravishda, uchrashar va fikr almashar edilar. Necha yillik tortishuvlar va munozalardan so‘ng oxir-oqibat kelishuvga erishildi. 1975-yil Serf va Puzen o‘zlarining takliflarini xalqaro telefon va telegraf maslahat qo‘mitasi (hammaga ma’lum Fransuzcha akronim-CCITT)ga taqdim etdilar.
Shu bilan xalqaro telekom-kompyuter jamiyati to‘xtab qolmadi. 1977-yil bu ishni Britaniya kompyuter sanoati oldi va paketli kommutatsiya tizimini standartlashtirish bo‘yicha navbatdagi qo‘mitani tuzish kerakligini taklif qiladilar. Bu safar xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bo‘ldi. CCITTdan ISOning farqi, ISO telekommunikatsiya bilan hech qachon aniq ishlamagan.
Bu shunchaki, hamma ishlar bo‘yicha xalqaro standartlashtirishning byurokratik idorasi edi. Shuningdek, CCITT dan farqi ISO ga, u kommutatsiya kanalimi yoki boshqasimi farqi yo‘q edi. Faqat kanal kommutatsiyasida kerakli standartlarni yaratish ehtimolligi ko‘p edi. Britaniyaliklarning taklifini AQSH va Fransiya qo‘llab-quvvatladi. Britaniyalik olimlardan biri «Bu standartlar fan va texnikaning rivojlanishiga qaraganda, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisoblarga ko‘p g‘amxo‘rliklar qiladigan monopoliyachilar tomonidan yaratilgan, o‘zining «yopiq arxitekturasi» tufayli hech nima bilan bog‘lanmaydigan avtonom rejimda ishlovchi alternativ an’anaviy hisoblash tarmog‘ini o‘zida mujassamlashtirgan» deydi. Umuman ochiq arxitektura haqiqatda kerak edi. Tarmoq kundan-kunga kattalashib borardi. Tarmoqlar o‘rtasida moslashtirish murakkab bo‘lib qolaverdi. Voqealar zanjirini tushunish uchun quyida xronologik ketma-ketliklarni qo‘yish kerak:
1974-yil IBM paketli kommutatsiya tarmog‘ida birinchi korporativ protokollar Systems Network Architekture ishlab chiqdi.
1975-yil INWG paketli tarmoq bo‘yicha CCITT ga taklif kiritdi va bu taklif rad etildi. Serf INWG ni tark etdi.
1976-yil CCITT «virtual kanal»ni ishlatuvchi paketli kommutatsiya uchun standart X-25 tavsiyanomasini nashr qildi.
1977-yil OSI «Open Systems Interconnection» (ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi) xalqaro standartlar tashkilotida «tarmoq modeli» bo‘yicha qo‘mita yaratildi.
1978-yil (28.02.–2.03) OSI qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi, ya’ni modelni «xomaki varianti» qabul qilinadi.
Oxirgi uchrashuv esda qolarli bo‘ldi. O‘nta davlatning telekom bo‘yicha qo‘mitasining ishtirokchilari va to‘rtta davlatning kuzatuvchilari OSI etalon modelini qat’iy qabul qilish qaroriga kelishdi. Bu esa loyihalashtirilayotgan tarmoqning har xil qismlarida ishlarni taqsimlashga va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlarining bir qismini o‘rganib olishga yordam beradi.
Nazorat uchun savollar

Download 17,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish