9 – chizma. Maxalliy boshqaruv organlari.
3.4. Boshqaruvning tarmoq organlari
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni 20 tadan, korxonalarning soni esa 100 mingtadan ortadi. Ularning xar birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o’zaro muvofiklashtirish, mamlakat xududida joylashtirish va maxsulot (xizmat)ga bo’lgan talabni aniklash tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab, keng kamrovli masalalardir.
Bu masalalarni samarali xal kilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud:
Vazirliklar.
Davlat ko’mitalari.
Kontsernlar.
Korporatsiyalar.
Kontsortsiumlar.
Assotsiatsiyalar.
Kompaniyalar.
Korxonalar.
Firmalar va boshqalar.
Bu organlar umumdavlat va maxalliy organlardan farqli o’larok, boshqaruv tizimida shunchaki ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chikadi.
Boshqarishning tarmoq organlari odatda umumdavlat va maxalliy organlardan o’z faoliyatining xajmi (miqyosi) bilan farq qiladi. Bu xol ularning xuquqiy nizomlarida aks etgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |