Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo’lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma’muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo’yadi.
Parlament – fransuzcha «parle» gapirmoq so’zidan kelib chiqqan bo’lib, rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Parlament turidagi partiyalar: (Evropa turi) ijtimoiy tuzumni o’zgartirmay harakat qilib keluvchi, tashkiliy tuzilmaga ega bo’lgan, parlament faoliyatiga qaratilgan, islohotchilar partiyasi.
Partiya – so’zi lotincha, «pars» – «qism», «guruh» so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlarning bir qismini, odatda ularning ilg’or va eng faol qismini birlashtiradigan siyosiy tashkilotni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |