QARSH DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI III KURS 019-84-GURUH TALABASI RAZZOQOV ORTIQJONNING MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: _________________
Qabul qildi: _________________
Qarshi 2022
Mavzu: Fayl server arxitekturasi.
Reja:
I.1. Kirish
2. Ma’lumotlar bazasi.
3. Boshqaruvning informatsion tizimi .
4. Ma’lumotlarni bankining vazifalari.
II. Xulosa.
III.4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o’ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqazosidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o’rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o’quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lumotlardan turli mijozlar foydalanish imkoni mavjud. Tashkil etiladigan Ma’lumotlar bazasi tuzilmasi predmet sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro bogliklik ma’lumotlar modeli namunasiga muvofik tashkil etiladi.
Me’yoriy-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo’yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o’z xususiyatiga ega. Mazkur massivlar Ma’lumotlar bazasining boshlangich yo’qlanish bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni yechish tartibi muvofiq kiritiladi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to’plangan tezkor hisobot ma’lumotlari yo’q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasini nisbatan samarali tashkil etish bu - ma’lumotlar bazasida mantiqan o’zaro bog’langan to’plamlarini tashkil etishdir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda sohalashtirilgan samarali dasturiy vosita - Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlanmasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lumotlardan turli mijozlar foydalanish imkoni mavjud. Tashkil etiladigan Ma’lumotlar bazasi tuzilmasi predmet sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro bogliklik ma’lumotlar modeli namunasiga muvofiq tashkil etiladi.
Boshqaruvning informatsion tizimi qarorlari tezkor zaruriy va kerakli ma’lumotlarni olish uchun mo’ljallangan. Axborot texnologiyasi quydagilarga asoslangan:
EHM, orttexnika va telekommunikatsion vositalardan kengroq foydalanishga;
foydalanuvchining axborotlashtirish jarayonidagi faol ishtirokiga;
umumiy dasturli ta’minlov va muammolariga mo’ljallangan keng foydalanishda;
ma’lumotlar bazasi va dasturlariga, shuningdek lokal va global EHM tizimlariga ruxsat berilgan imkon mavjudligi;
telekommunikatsiyadan foydalanish;
qarorlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlaridagi taxliliy holatlar uchun mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylari;
sun’iy intelekt tizimini qo’llash;
ekspert tizimini tatbiq etish;
Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankidan foydalanish, ma’lumotlarni mantiqiy va jismoniy tashkil qilishda mustaqil amaliy dasturlarning yetarlicha yuqori darajadaligini, ma’lumotlarni boshqarishni integratsiyasi va markazlashishi, ma’lumotlarning ortiqcha yo’qotishlarining bartaraf etilishi, ma’lumotlarni teleprotsessorli qayta ishlash va paketlarning aralashishi mumkinligi ma’lumotlarning o’zaro bogliklik majmuiga ko’p omilli intilishlarni ta’minlash imkonini beradi. Shuning uchun boshqaruv BAT ishlanmalari barcha sohalar uchun qo’llashda avvalo avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini yaratish bilan boglik. Har qanday boshqaruvni asosi bo’lib, ob’ektni holati hisoblanadi, shuning uchun ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tizimi, ularni tashkil etilishi, diqqat bilan kiritish, saqlash foydalanish tizimining markazi hisoblanadi.
Ma’lumotlar bankining vazifalari: predmet sohasining adekvat informatsion tasavvurlanishi, foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarning berilishi va yangilanishi, saqlanishning ta’minlanishi.
Har qanday ma’lumotlar bankining tarkibiy qismi bo’lib, ma’lumotlar bazasini tizimi (MBBT), ma’lumotlar bazasi administratori, amaliy dastur taminlovi. Ma’lumotlar bankining boshqarish tizimini vazifalashtirish, ma’lumotlar bazasini ikki xil darajada tashkil qilishga asoslangan: mantiqiy va jismoniy.
Ma’lumotlarning mazkur ikki darajasi ma’lumotlarni tashkil qilishning ikki omiliga to’g’ri keladi: EHM xotirasida ma’lumotlarni saqlashga jismoniy nuqtai-nazardan ma’lumotlarni amaliy ilovalarida foydalanishda mantiqiy nuqtai nazaridan. Umumiy holatda ma’lumotlarni tashkil qilishning jismoniy va mantiqiy strukturalarini mos kelmasligi ham mumkin. Ma’lumotlarni boshqarish vositalarining rivojlanishi axborot texnologiyalari bazasiga ko’rilgan har qanday axborot tizimining asosi hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi (date base)– bu EHM ning tashki xotirasida saqlanadigan har qanday jismoniy, ijtimoiy, ststistik, tashkiliy va boshqa ob’ektlar, jarayonlar, holatlarning o’zaro bog’liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Amaliyotda ko’pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHM da bir qancha ma’lumotlar bazasi birlashishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining shunday imkoniyatlarini, ya’ni ma’lumotlar sirliligi va ximoyalanishi ta’minlash, inkordan keyin ma’lumotlar bazasining tiklanishi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda hisob yuritish lozimdir.
Ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi vositalari hajmiga ega, ya’ni ma’lumotlarga yetishish imkoning ma’lum usullarini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan bajariladigan, qidirish, to’g’rilash, to’ldirish va ma’lumotlarni chiqarib yuborish jarayonlari hisoblanadi. Qidirish jarayoni asosiysi hisoblanadi. Ma’lumotlar mustaqilligini tamoyillarning tadbiq ma’lumotlarning bazasini boshqarish tizimining moslashuvini aniqlaydi. Predmet sohasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash xususiyatlari hisobi, diskretli tavsiflarni qayta ishlash xususiyatlari hisobi, diskretli tavsifli ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini qo’llashga maxsuslashgan ma’lumotlarni bazasini tizimini loyihalashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining ma’lum bir sohada qo’llash Maqsadida rostlash jarayoni tizimini generatsiya qilish deb ataladi. Ma’lumotlar bazasining boshqarish universal tizimiga masalan, dbase, Paradox, Miсrosoft-Aссess , oragle, informixva boshqalarga tegishlidir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ishi ma’lumotlarni yozishning uch darajasidan foydalanish bilan bog’liq.
Ma’lumotlarni jismoniy tashkil etishning yozilishi ma’lumotlarning umumiy mantiqiy tarkibining yozilishi amaliy dasturlar ma’lumotlarni modelostilarini yozish uzviyligi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bir vaqtning uzida bir qancha amaliy dasturlarni qayta ishlashni olib boradi, ya’ni ma’lumotlarning modelostilariga ega bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuter monopoliya ixtiyorida bo’lishi mumkin. Bunday holatda u faqat mazkur ShK xotira diskasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanmaydi.
SHK tarmog’i mavjud bo’lgan holda ko’p foydalanadigan rejimda, “mashina-server” da joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar bazasini saqlash va foydalanish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o’z shaxsiy kompyuteri orqali barcha mijozlar uchun umumiy bo’lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o’z ShKda lokal ma’lumotlar bazasini tashkil etishi mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyida zarur bo’lgan axborotni saqlaydi. ShK tarmog’ida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor iqtisodi strukturalarining axborot tizimlari samaradorligini tezda oshiriadi. Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar shakliga bog’lik holda turli ish texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli tamoyillari mavjud: “fayl-server” va “mijoz-server”.
“Fayl-server” tamoyili tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va “fayl-server” uchun ajratilgan kompyuterga mo’ljallangan. Bunday arxitektura uchun “fayl-server” dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish xususiyati xos. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqalarning kirishga qarshi himoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar “fayl-server” dan ishchi bekatga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi.
“Mijoz-server” tamoyili. Mazkur tamoyilga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz-ishchi bekati va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz ishlaydi va u tarmoq bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmog’i orqali serverdan mijozga uzatiladi. “Mijoz-server” arxitekturasi uchun xos xususiyat–bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlariga turli xil umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. Mashina ichidagi axborotlar bazasini tashkil etish va yuritish vositalari. Mashina ichki axborotlar bazasini tashkil etish va yuritish vositalariga kirishning dasturiy vositasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish hamda ma’lumotlarning boshqa massivlari kiradi. Bundan tashqari, mashina ichidagi axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishda ma’lumotlar bazasi va boshqa mashina tashuvchidagi ma’lumotlar bilan ishlash bo’yicha foydalanuvchining texnologik so’rovnomasidan foydalaniladi.
Umumiy holda dasturiy vositalarga servis dasturiy vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy dastur vositalari va maxsus amaliy dasturlar kiradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)-axborotlar bazasini yaratish va yuritish uchun alohida ahamiyatga ega. MBBT umumiy maqsadlarga mo’ljallangan universal amaliy dasturiy vositalarga mansub. MBBT – bu mashina tashuvchidan mantiqiy o’zaro bog’langan ma’lumotlarni tashkil etish va yuritish uchun mo’ljallangan nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy vosita sanaladi. MBBT yagona ma’lumotlar bazasida nusxa olinmaydigan ma’lumotlarni integratsiyalashni va ulardan ko’p Maqsadlarda foydalanishni, bazadagi barcha ma’lumotlar butunligini va to’g’riligini ta’minlaydi va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalaydi. MBBT ma’lumotlar bazasidan so’rovlarni tashkil etishning tashkil etish dasturi bo’lmagan foydalanuvchiga mo’ljallangan qulay vositalariga ega.
MBBT asosida AB ni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish tuzilmasi bo’yicha masalalarni tayyorlashga mo’ljallangan. Bu masalalar bevosita axborotlar ta’minotining nomashinaviy sohasi bilan bog’langan. Ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasiga muvofiq uni MBBT vositalar bilan tashkil etish va ishga tushirish amalga oshiriladi. Axborotlarni kiritish va nazoratlashning maxsus dasturiy vositalari – katta axborot bazasi uchun ilk massivlarni yaratish va ma’umotlarni bazaga tashlashdan oldin qayta ishlash bosqichida foydalaniladi. Bazadan oldin qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning haqqoniyligini va katta massivdagi ma’lumotlarni yo’qlashga tayyorgarlikni avtomatlashtirish nazoratini ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari-axborot bazasiga xizmat ko’rsatish bo’yicha kumakchi vazifalarni ta’minlashi lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlar fayllari va tashuvchi-mashinalar bilan ishlash bo’yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusxa olish, arixvlash, tiklash, antivirus vositalari, tarmog’i utilitalari va boshqalar. Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda, ularda ishlab chiqiladigan ma’lumotlardan mustaqil bilish ta’minlanmaydi. Ayrim joylarda bitta fan sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma’lumotlar takrorlanadi. Bu hol turli masalalar bo’yicha bir xil ma’lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib chiqaradi. Amaliy dasturlar, shuningdek, MBBTda universal algoritmik tilda yaratilishi mumkin.
Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to’plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo’lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. L. Yu. Turayeva, O. B. Soqiyeva. Matematik programmalash masalalarini yechish bo’yicha uslubiy qo’llanma. Termiz, TDU, 2010., 77 bet.
2. M. Raisov, R. X. Mukumova «Matematik programmalash». Uslubiy qo’llanma. Samarqand, SamISI, 2008., 188 bet. 3. Е. В. Башкинова, Г.Ф. Егорова, А. А. Заусаев. Численные методы и их реализация в MS Excel. Часть 2. Самара; Самар. гос. техн. ун-т, 2009. 44 с
Internet resurslar
4. http://Aim.uz.
5. hppt://www.orbita.uz.
6. http://library.ziyonet.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |