Qarori yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro



Download 102,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana24.06.2022
Hajmi102,47 Kb.
#700155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

8-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlar jarayonida xizmatni o‘tashini o‘ziga xos xususiyatlari
41. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari
bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshiradi. Yo‘llarda
xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.
YPX xodimining maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan
transport vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tomonidan belgilanadi.
42. YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida
qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish
taqiqlanadi.
Yo‘l transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, avariya holatini
yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi tomonidan o‘ziga
biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida ham ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda mazkur
holatlar yuzasidan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan xizmat tekshiruvi
o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.
YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida
rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib
chiqarmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan
mustasno.


43. Patrul avtomobilida (mototsiklida), shuningdek, boshqa transport vositalarida yo‘l
harakati ustidan nazorat olib borish jarayonida haydovchi tomonidan qoidalarning buzilganligi
aniqlanganda, mazkur transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz
kuchaytirgich moslamasi, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalaniladi.
Transport vositasini avtomobil yo‘llarining ko‘rish cheklangan qismlari, burilishdan
oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti o‘tish joylari oldida,
temir yo‘l kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda to‘xtatish taqiqlanadi, kechiktirib
bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno.
44. YPX xodimi maxsus chiroq-mayoqchasi yoqilgan yoxud tovushli signallar berib
harakatlanayotgan YPX patrul avtomobillari kuzatuvida bo‘lgan jamlanmani post yoki patrullik
qilish yo‘nalishi hududidan xavfsiz va to‘siqsiz o‘tib ketishi choralarini ko‘rishi zarur.
45. Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, tovushli signallar
berib harakatlanayotgan transport vositalari ularning o‘g‘irlanganligi, olib qochilganligi yoki
mast holda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarayotganligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega
bo‘lgan hollardagina to‘xtatilishi mumkin.
Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l
transport hodisasi bo‘yicha, shuningdek, ushbu transport vositasi mast holda bo‘lgan haydovchi
tomonidan boshqarilgan holat qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
46. YPX xodimi quyidagi hollarda huquqbuzarni yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga
(keyingi o‘rinlarda IIB deb ataladi) yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga olib
borishi mumkin:
haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan hollarda, ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani sodir etilgan joyda tuzish imkoni bo‘lmasa;
transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash qoidalari
buzilgan taqdirda, huquqbuzarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqida zarur ma’lumotlar
berish mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa.
47. Huquqbuzar IIBga olib borilganda, YPX xodimi uning shaxsini aniqlash choralarini
ko‘radi. Huquqbuzarning shaxsi aniqlanganda, unga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi
yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Huquqbuzar
shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ikki nusxada
bildirgi tayyorlab, bildirgining bir nusxasini IIB navbatchisiga, ikkinchi nusxasi esa IIB
navbatchisi tomonidan tegishli belgi qo‘yilganidan so‘ng YPX xodimiga topshiriladi.
48. O‘zining shaxsiy xavfsizligi va harakat qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash uchun
ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi lozim:
patrul avtomobilida maxsus chiroq-mayoqcha va tovushli signallar muntazam yoqilgan
holatda bo‘lishi;
aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda harakat tezligini tanlashi;
saf bo‘lim (bo‘linma) yoki IIB navbatchisiga o‘zining ketayotgan joyi, qayerdaligi va
harakatning yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lum qilib turishi;
yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini hushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini
ko‘rishlari bo‘yicha xabardor qilib borishi;
ta’qib qilish va kuzatish jarayonida transport vositasining harakatlanishini cheklash
choralarini ko‘rishi.
YPX xodimi ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va
sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etmasligi lozim.
49. YPX xodimi yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari harakatiga xavf tug‘diradigan
katta hajmli va xavfli yuklarni tashish qoidalari buzilganligini aniqlaganda, saf bo‘limi
(bo‘linmasi) boshlig‘idan yoki navbatchidan tegishli ko‘rsatma olgunga qadar, ushbu transport
vositasini yo‘lning qatnov qismidan chetlashtirish choralarini ko‘rishi lozim.
9-bob. Yakunlovchi qoida
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javob beradilar.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/975/2259-son, 04.07.2019-y.,
09/19/556/3377-son)

Download 102,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish