Qarori yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus



Download 102,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana24.06.2022
Hajmi102,47 Kb.
#700155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

6-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus
moslamalardan foydalanishi tartibi
25. Yo‘l harakati qatnashchilarining qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish
maqsadida maxsus moslamalardan foydalaniladi.
26. YPX xodimlari tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatini nazorat
qilishda foydalaniladigan maxsus moslamalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
27. Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma
fotoradar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik
dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari
ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
28. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar bilan ishlashga ulardan foydalanish
tartibini puxta o‘zlashtirgan va qo‘llash qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tgan YPX xodimlariga
ruxsat beriladi.


29. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda YPX xodimi
moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini
tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim.
30. YPX xodimlarining patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni
o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan echib olishi va xizmatga aloqasi bo‘lmagan
boshqa (jismoniy va yuridik) shaxslarning transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatni
o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga
ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
31. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashning
avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) boshqaruv tizimi (keyingi o‘rinlarda ABT deb
ataladi) tarkibidagi yo‘l harakatini nazorat qilish hamda video kuzatish texnik vositalarining
joylashuvi va ish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh
boshqarmasi boshlig‘i va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan
tasdiqlanadigan dislokatsiya bilan belgilanadi.
32. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi
(bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.
Haydovchi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik ko‘chma fotoradar va mobil
komplekslarni qo‘llash orqali aniqlanganda, u mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan
tartibda YPX xodimi dislokatsiyasining ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi yoki
yozma ma’lumot olishi mumkin.
33. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar
yuzasidan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarga
huquqbuzarlik holatlari ko‘rsatilgan fotosuratlar ilova qilinadi.
34. Qoidalar buzilishining oldini olish uchun YPX xodimi patrul avtomobili, maxsus
moslamalarni imitatsiya qiluvchi qurilmalar (maketlar, manekenlar) yordamidan foydalanishi
mumkin.
35. Dislokatsiyaga asosan tezlikni o‘lchash vositasi bilan xizmatga jalb etilgan YPX
xodimi hududiy yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari mas’ul xodimidan tezlikni o‘lchash vositasini
(mobil komplekslar bundan mustasno) va unga tegishli sertifikatni (yoki uning nusxasini) qabul
qilib oladi va uning butligi, sozligi, o‘rnatilgan tartibda ishlatilishiga mas’ul hisoblanadi.
Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan
yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus
moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati
tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni
o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida
bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
36. YPX xodimi dislokatsiyaga asosan biriktirilgan hududga yetib borib, xizmatini
boshlashidan oldin tezlik o‘lchash moslamasini foydalanish uchun tayyorlaydi, moslama
xotirasiga uning o‘rnatilgan joyi, harakat yo‘nalishi, yuqori tezlik cheklangan ko‘rsatkichga
qo‘shimcha besh kilometr farqi bilan ma’lumotni kiritib, xizmatga kirishadi.

Download 102,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish