Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy
qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa
hududlarga burilishni
taqiqlamaydi.
4.2.
1. “To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish”.
4.2.2. “To‘siqni chapdan aylanib o‘tish”. Faqat ko‘rsatkich ko‘rsatgan tomondan aylanib o‘tish
ruxsat etiladi.
4.2.3. “To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish”. Har tomonidan aylanib o‘tish ruxsat
etiladi.
4.3. “Aylanma harakatlanish”. Ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.
4.4. “Yengil avtomobillar harakati”.
Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar,
belgilangan
yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari
harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.
Belgining
ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga
xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari
belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
4.5. “Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini
bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan
piyodalar ham yurishlari
mumkin.
4.6. “Piyodalar yo‘lkasi”. Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
4.6.1. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak”.
4.6.2. “Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.3. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va
1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud
boshqa usulda piyodalar va
velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.4. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”. 1.1, 1.25 va
1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va
velosipedchilarnin
g harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri”.
4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat)
harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8. “Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 “Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi”. “Xavfli
yuk” tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan
yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
Do'stlaringiz bilan baham: