09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
40/70
7.10.
“Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi”.
5.15
yoki
6.11
belgisi bilan ko‘rsatilgan
maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11.
“Ruxsat etilgan to‘la vazni cheklangan”. Belgining ta’siri ruxsat etilgan to‘la vazni
qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport vositalariga
taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
7.12.
“Xavfli yo‘l yoqasi”. Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi
haqida ogohlantiradi.
1.23
belgisi bilan qo‘llaniladi.
7.13.
“Asosiy yo‘lning yo‘nalishi”. Chorrahada asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.14.
“Harakatlanish bo‘lagi”. Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo‘lagini ko‘rsatadi.
7.15.
“Ko‘zi ojiz piyodalar”.
1.20
,
5.16.1
,
5.16.2
belgilari hamda svetofor bilan birga qo‘llaniladi,
piyodalar o‘tish joyidan ko‘zi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
7.16.
“Nam qoplama”. Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda ta’sir etishini
ko‘rsatadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
7.17.
“Nogironlar”.
5.15
belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu
Qoidalarning
176-bandiga
muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun
ajratilganligini ko‘rsatadi.
(o‘ttizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son)
7.18.
“Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning
175-bandiga
muvofiq
“Nogiron” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19.
“Foto- va video qayd etish”. Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus
avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi.
Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda
qo‘llaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
7.20
. “Xavfli yuk toifasi”. Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21
. “Evakuator ishlamoqda”.
3.27 — 3.30
yo‘l belgilari ta’sir oralig‘ida to‘xtagan transport
vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1, 7.22.2
va
7.22.3
“To‘siq”. Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini ta’minlash
maqsadida o‘rnatiladi.
4.2.1 — 4.2.3
yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi.
(7-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli
qaroriga
asosan o‘ttiz uchinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Qo‘shimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga
joylashtiriladi.
7.2.2 — 7.2.4
,
7.13
qo‘shimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yo‘l yoqasining,
trotuarning tepasiga o‘rnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilari ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan
hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: