O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI AMALGA
OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-avgustda ro‘yxatdan
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3281]
O‘zbekiston Respublikasining “
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida
”gi va “
Valyutani tartibga solish to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
2-ilovaga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilsin.
3. Mazkur qaror 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.