tirkama aravalar — uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan tirkamaning bir
turi;
yarimtirkama — to‘liq massasining bir qismi o‘tirg‘ich qurilmasi orqali o‘tirgich
shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi;
paket
— taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va
mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni o‘zgartirish va tushirish bo‘yicha operatsiyalarni
bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga
egalik qiluvchi, yuklarni tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va bunga litsenziyaga
ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini
mexanizatsiyalash uchun moslama, ko‘p martalik tara hisoblanadi;
yo‘l varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun
belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |