O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
o’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO’G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 152 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmalari va davlat boshqaruvi organlari xodimlarining cheklangan soni 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang. (1-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son) 2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziriga:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son) davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni konsultantlar sifatida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang. malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi) 3. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son) Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son) Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri va uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklarini shakllantirish O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi shtat birliklari, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek Vazirlikka o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari va shtat birligini optimallashtirish hisobidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi TASHKILIY TUZILMASI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi TUZILMASI
Izoh: xodimlar cheklangan soni — 52 nafar (shahar va tumanlardagi transport sektorlari bilan birga), shundan boshqaruv xodimlari — 26 nafar va ishlab chiqarish xodimlari — 26 nafar.
Viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh: 13 ta hududiy boshqarmalar xodimlari cheklangan soni — 786 nafar (shahar va tumanlardagi transport sektorlari bilan birga), shundan boshqaruv xodimlari — 349 nafar va ishlab chiqarish xodimlari — 437 nafar