II. KOMBINATNING FAOLIYAT TURI, ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI
7. Kombinatning faoliyat turi va maqsadi quyidagilardan iborat:
polimetall rudalarni qazib olish va boyitishni hamda tozalangan mis, metall-rux, oltingugurt kislotasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
qimmatbaho, nodir va kam uchraydigan nodir metall rudalarini qazib olish va boyitish hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni va chiqindilarni tayyorlash hamda ularni qayta ishlash;
import bo‘yicha, shuningdek, MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan xomashyoni qayta ishlash;
sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar lagerlarini tashkil etish;
xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish.
portlovchi moddalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, transportda tashish va sotish;
yong‘inga qarshi avtomatik signalizatsiya tizimini montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
dam olish uylari va zonalari, profilaktoriylar, retranslatsiya uzellari va mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga oid boshqa muassasalar ishini tashkil etish;
do‘konlar, bufetlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlari sotib olishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga doir boshqa savdo shoxobchalari orqali savdo qilishni belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi –– o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
8. Kombinat quyidagi huquqlarga egadir:
mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
budjetga soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydadan foydalanish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan va kombinatning Ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan xo‘jalik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar bilan o‘zaro munosabatlarda asosiy fondlarni Davlat mulki qo‘mitasining qarori bilan, oborot mablag‘larni — mustaqil ravishda tasarruf etish;
davlat korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarda asosiy oborot fondlarni mustaqil ravishda tasarruf etish.
Oldingi tahrirga qarang.
televizion va radio dasturlarni retranslatsiya (qabul qilib olish va uzatish) qilish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
9. Kombinat o‘z faoliyatini iqtisodiy istiqbolni belgilash asosida amalga oshiradi, resurslar, xomashyo, materiallarning mavjudligidan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishlarga, ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda kombinatni ijtimoiy rivojlantirish masalalarini mustaqil ravishda hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |