4-bob. Attestatsiya ishini OAKda ko‘rib chiqish
(4-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Attestatsiya ishi OAK tomonidan 3 oy ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda ro‘yxatga olinadi va yetti kun ichida normativ-texnik ekspertizadan, uning natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, ilmiy ekspertizadan o‘tkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAKning tegishli ekspert kengashi tomonidan attestatsiya ishining mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Normativ-texnik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini ko‘rib chiqish to‘xtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy xat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv xati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Attestatsiya ishi normativ-texnik ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin uni OAKning tegishli ekspert kengashi ko‘rib chiqadi. OAK Rayosati OAKning tegishli ekspert kengashi xulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Talabgor attestatsiya ishini ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish o‘tkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganida, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |