9-bob. Yakuniy qoida
52. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2016-yil 31-mart
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAXOBOV
2016-yil 31-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 31-mart
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 31-mart
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2016-yil 31-mart
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2016-yil 31-mart
Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b. S. LUTPULLAYEV
2016-yil 31-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari O. PARPIYEV
2016-yil 31-mart
Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ilmiy unvon olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
RO‘YXATI
1. Muassasa rahbari tomonidan imzolangan muassasa blankidagi yo‘llanma xat.
2. Ilmiy unvon talabgorining faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ilmiy unvon talabgori to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma (pasport nusxasi yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari ilova qilinadi).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
4. Tegishli ilmiy darajasi haqidagi diplomning nusxasi.
5. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy unvon talabgori uchun maxsus imtihon topshirganligi haqidagi hujjat.
6. Ilmiy va pedagogik lavozimlarda ishlagani haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan nusxasi.
7. Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning ilmiy unvon talabgori tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (hammualliflarning yozma roziligi ilova qilinadi).
8. Ilmiy unvon talabgorining dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarining nusxasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 22-son, 260-modda, 39-son, 465-modda; 2017-y., 25-son, 570-modda, 37-son, 1020-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2793-4/0479-son; 16.07.2018-y., 10/18/2793-5/1511-son; 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son )
Do'stlaringiz bilan baham: |