Qarori aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


III. Buyurtmani bajarish va uni berish



Download 94,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.09.2021
Hajmi94,84 Kb.
#185079
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
399-сон 12.10.1995. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

III. Buyurtmani bajarish va uni berish

1.  Maishiy  xizmat  ko‘rsatishga  berilgan  buyurtmalar  korxonada  amalda  bo‘lgan

normativ-texnik  hujjatlar  (texnologiya,  sarf-xarajat  normalari,  lekal  va  boshqalar)  asosida

bajarilishi kerak.

2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt:

Oldingi tahrirga qarang.

texnik  reglamentlar  yoki  standartlar,  shartnomaga  va  buyurtmachining  istaklariga

qat’iy amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni;

(2-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  3-

martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)

buyurtmalarni bajarish muddatlariga rioya qilishni;

o‘zi  tayyorlab  bergan  va  tuzatgan  buyurtmalarga  beriladigan  kafolat  majburiyatlarini

bajarishni;

yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyatini;

buyurtmachidan qabul qilingan materiallar (xomashyo, buyumlar)ning saqlanishini;

korxonada amalda bo‘lgan narx intizomiga rioya qilinishini ta’minlashi kerak.



3.  Buyurtmalarni  bajarish  muddatlari  xizmatlarning  aniq  turlari  uchun  “Buyurtma

qabul  qilish,  rasmiylashtirish  va  berish  qoidalari”  respublika  standartlariga  muvofiq

belgilanadi,  mazkur  qoidalar  ushbu  bo‘limining  4-bandida  nazarda  tutilgan  hollar  bundan

istisno.


Buyurtmani  bajarish  muddati  buyurtma  qabul  qilingandan  keyingi  kundan  boshlab

hisoblanadi. Buyurtmachi xohishiga ko‘ra buyurtma shoshilinch ravishda bajarilishi mumkin.

Bunday  holda  buyurtmani  bajarish  muddati  belgilangan  shakldagi  hujjatda  ko‘rsatilgan

buyurtma  qabul  qilingan  vaqt  (kun,  soat)dan  boshlab  hisoblanadi.  Agar  buyurtmani  bajarish

muddatining  oxirgi  kuni  ish  kuniga  to‘g‘ri  kelmasa,  muddatning  tugash  kuni  sifatida  undan

keyin keluvchi ish kuni qabul qilinadi.

4.  O‘ziga  xos,  nodir  buyumlarni  hamda  konstruksiyasi  va  sxemasi  o‘zgartirilgan

apparatlarni bir marta tayyorlash va chet elda ishlab chiqarilgan buyumlarni tuzatish korxona

tomonidan buyurtmachi bilan kelishib belgilangan muddatlarda bajariladi.

5.  Xizmatlarning  ma’lum  turlari  buyurtmachi  uyida  ko‘rsatilishi  mumkin,  bunda

korxona  xodimning  buyurtmachi  bilan  kelishilgan  vaqtda  kelishini  ta’minlaydi,  buyurtmachi

esa xizmatni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart. Ustani uyga chaqirganlik

uchun qo‘shimcha haq undiriladi.

6.  Material  (xomashyo,  buyum)ni  korxonaga  olib  kelish  va  qaytarib  olib  ketish

buyurtmachining  istagiga  ko‘ra  qo‘shimcha  haq  hisobiga  korxona  transportida  yoki

buyurtmachining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

7.  Buyurtmachi  buyurtmani  bajarish  jarayonida,  agar  ularni  bajarish  texnik  jihatdan

mumkin  bo‘lsa,  unga  qisman  o‘zgartirishlar  kiritishi  mumkin.  Kiritiladigan  barcha

o‘zgartirishlar  korxona  bilan  kelishib  olingan  bo‘lishi  va  belgilangan  shakldagi  hujjatga

kiritilishi kerak.

8. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega buladi:

agar  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  shartnomani  bajarishga  o‘z  vaqtida  kirishmasa  yoki

buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan bo‘lsa;

agar  bajarilgan  ishdagi  aniqlangan  kamchiliklar  buyurtmachi  tomonidan  belgilangan

muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa;

agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yo‘l

qo‘yilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin bo‘lmagan nuqsonlar bilan bajarilgan bo‘lsa. Bunda,

agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan bo‘lsa, buyurtmachi shu turdagi shunday

sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.

Shartnoma  bekor  qilingan  taqdirda  buyurtmachi  zararning  shartnoma  bekor  qilingan

vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli.

9.  Buyurtmachi  shartnomani  ish  tugallanishidan  oldin  istalgan  vaqtda,  xo‘jalik

yurituvchi subyektga ishning bajarilgan qismi qiymatini to‘lab va zararlarni shartnomani bekor

qilish vaqtida amalda bo‘lgan narxlarda qoplab, bekor qilishi mumkin.

10. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ishni shartnoma shartlaridan chetga chiqib yomon

bajargan  yoki  ishda  boshqa  kamchiliklarga  yo‘l  qo‘ygan  bo‘lsa,  buyurtmachi  o‘z  istagiga  ko‘ra

ko‘rsatilgan  kamchiliklar  mutanosib  muddatda  tekin  tuzatib  berilishini  yoki  buyurtmachi  yo‘l

qo‘ygan  nuqsonlarni  o‘z  mablag‘lari  bilan  tuzatishga  sarflagan  xarajatlarni  qoplashni,  agar

shartnomada  buyurtmachining  bunday  huquqi  yoki  ish  uchun  beriladigan  pulni  tegishlicha

kamaytirish  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  talab  qilishga  haqlidir.  Bunda  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt

aybonani mazkur Qoidalar V bo‘limining 5-bandida belgilangan miqdorda to‘laydi.

11.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  buyurtmachi  bergan  material  (xomashyo,  buyum)dan

noto‘g‘ri foydalanilganligi uchun javob beradi.

Ish yakunlanganda yoki buyurtma bekor qilinganda korxona materialning ortib qolgan

qismini yoki korxona buyurtmani bajarishga kirishmagan bo‘lsa, uning hammasini qaytarishga

majburdir.

12. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish uchun buyurtmachiga berilayotgan

material  sifati  uchun  javob  beradi  va  material  sifatsiz  bo‘lib  chiqqan  holda,  uni  buyurtmachi

talabiga ko‘ra o‘z hisobidan almashtirishga majburdir.



Oldingi tahrirga qarang.

13.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  tayyorlangan  va  tuzatilgan  buyumlarni

markirovka  qilish  va  o‘rash  xizmatlarning  har  bir  turi  texnik  reglamentlari  yoki  standartlari

talablariga muvofiq amalga oshiriladi.



(13-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  3-martdagi  45-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)

14.  Tayyorlangan,  tuzatilgan  buyumlar,  tuzatilgan  uy-ro‘zg‘or  mashina  va  priborlari,

radioelektron  apparatlar  buyurtmachi  ishtirokida  tekshirilishi  lozim.  Buyurtmachi  xo‘jalik

yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq, bajarilgan ishni ko‘rib chiqishga

va  qabul  qilib  olishga  majburdir.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  buyurtmachiga  kafolat  muddati

ko‘rsatilgan kafolat talonini, agar “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari”

respublika standartlariga muvofiq belgilanadigan bunday talon bo‘lsa, berishi kerak.

Agar buyurtmachi kafolat muddatiga ega bo‘lmagan buyumlarni qabul qilishda xo‘jalik

yurituvchi  subyektga  ishni  bajarishdagi  shartnoma  shartlaridan  chetga  chiqishlarni  darhol

ma’lum  qilmasa,  u  keyinchalik  bu  chetga  chiqishlarni  asos  qilib  keltirish  huquqidan  mahrum

bo‘ladi. Ishni oddiy qabul qilishda aniqlanishi mumkin bo‘lmagan buyurtmani bajarishda yo‘l

qo‘yilgan  chetga  chiqishlar  va  boshqa  kamchiliklar  to‘g‘risida  buyurtmachi  bu  nuqsonlar

aniqlangan zahoti korxonani xabardor qilishi kerak.

15.  Buyurtmachi  ko‘rsatilgan  xizmatlar  haqini  to‘laganligini  (buyumni  olganligini)

kvitansiyada yoki boshqa hisobga olish hujjatida o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Hisobga  olish  hujjatlari  qo‘llanilmaydigan  ishlarda  buyurtmachining  xizmat  haqini

to‘laganligi  to‘g‘risidagi  yozma  tasdig‘i  talab  etilmaydi,  unga  haq  to‘langanligini  tasdiqlovchi

kassa cheki beriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga unga ko‘rsatilgan xizmat sifati to‘g‘risida o‘z

fikrini bildirish imkoniyatini ta’minlaydi.

16.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  buyurtmani  qabul  qilganligini  tasdiqlovchi  belgilangan

shakldagi  hujjat  yo‘qotib  qo‘yilgan  taqdirda  buyurtmachi  bu  haqda  buyurtmani  qabul  qilgan

xo‘jalik yurituvchi subyektni xabardor qilishga majbur.

Bunday  holda  buyurtmada  ko‘rsatilgan  buyum  buyurtmachining  pasporti  yoki  uning

shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgan holda uning yozma arizasiga ko‘ra beriladi.

17.  Buyurtmachi  buyumni  olish  uchun  kelmagan  taqdirda  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt

belgilangan shakldagi hujjatda ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati tugagan kundan olti

oy  o‘tgandan  keyin  va  ikki  marta  yozma  ogohlantirishdan  so‘ng  (bildirish  qog‘ozi  yuborib)

buyumni belgilangan tartibda sotib yuborishga, sotishdan tushgan pulni esa korxonaga tegishli

to‘lovlarni (shu jumladan buyurtmachini buyurtma bajarilganligi to‘g‘risida xabardor qilish va

saqlash xarajatlarini ham) chegirib, belgilangan muddatda talab qilib olingunga qadar korxona

deponentiga kiritib qo‘yishga haqlidir.




Download 94,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish