Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-oktabrdagi 399-son
qaroriga
4-ILOVA
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-oktabrdagi 399-son
qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida
iste’molchilar bilan bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va O‘zbekiston
Respublikasi hududida maishiy xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan shug‘ullanadigan,
mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha yuridik va jismoniy
shaxslarga (bundan keyin “xo‘jalik yurituvchi subyektlar” deb ataladi) joriy qilinadi.
Qoidalar buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish, bajarish, berishga, buyurtmachi
bilan hisob-kitob qilishga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt va
buyurtmachining mulkiy javobgarligini belgilaydi.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
va mazkur Qoidalar asosida amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachilar uchun mumkin bo‘lgan qulayliklarni
yaratishga va o‘z faoliyatini aholi uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirishga majburdir.
5. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aholiga abonement bo‘yicha xizmatlarni Aholiga
abonement xizmati ko‘rsatish qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda ko‘rsatishi mumkin.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning buyurtmalarni qabul qiladigan va beradigan
bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishning mazkur qoidalarini;
xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish
qoidalari” respublika standartlarini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlariga texnik reglamentlar yoki standartlar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-
martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
xizmatlarning har bir turi uchun amalda bo‘lgan asoslangan narx va tariflarni;
mulohazalar daftarini;
xizmat ko‘rsatish joyiga kirish va chiqishda ish tartibi, oddiy va shoshilinch
buyurtmalarni bajarish uchun belgilangan muddatlar, tuzatilgan va tayyorlangan buyumlarga
beriladigan kafolat muddatlari to‘g‘risidagi axborotni (axborot chiroyli qilib bezatilgan va aniq,
tushunarli bo‘lishi kerak);
korxona manzili va telefon raqamlarini, rahbarning fuqarolarni qabul qilish kunlari va
soatlarini;
navbatsiz xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari ko‘rsatilgan
ro‘yxatni qulay va ko‘zga darrov tashlanadigan joyga joylashtirishga majburdirlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z ish xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib,
yuqorida qayd etilganlar bilan birga buyurtmachilar e’tiboriga jurnallar, kataloglarni,
buyumlarning tasdiqlangan namunalarini yoki ular tasvirlangan albomlarni, maishiy
xizmatlarga bo‘lgan talabni hisobga olish jurnalini, materiallar, ehtiyot qismlar, furnitura
namunalarini ularning bahosini ko‘rsatgan holda ham havola etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: