Qarori aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


IV. Buyurtmachi bilan hisob-kitob qilish



Download 94,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana25.09.2021
Hajmi94,84 Kb.
#185079
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
399-сон 12.10.1995. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

IV. Buyurtmachi bilan hisob-kitob qilish

1. Buyurtmachi maishiy xizmatlar qiymatini korxonada amalda bo‘lgan va tasdiqlangan,

xizmatlarning  har  bir  turiga  ishlab  chiqilgan  kalkulatsiya  asosida  tuziladigan  narx  va  tariflar

bo‘yicha to‘laydi.

Maishiy  xizmatlarning  narx  belgilanmagan  bir  martalik  ayrim  turlari  uchun  bir

martalik kalkulatsiya tuziladi va narx buyurtmachi bilan kelishib olinadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi iltimosiga ko‘ra buyurtmani rasmiylashtirishda

nazarda tutilmagan xizmatlarni bajargan taqdirda buyurtmachi ularning qiymatini qo‘shimcha

tarzda to‘laydi.

2.  Korxona  ish  bilan  to‘liq  ta’minlanmagan  davrda  aholi  talabini  oshirish  maqsadida

korxona xizmatlarning amaldagi narxlaridan mavsumiy chegirishlarni qo‘llashga haqlidir.

3.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  xizmatlar  ko‘rsatish  vaqtida  ishlatiladigan  va

xizmatlar  qiymatiga  kiritilmagan  materiallari  (xomashyo,  buyumlari)  qiymati  buyurtmachi

tomonidan korxonada belgilangan narxlar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.




4.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  shartnoma  shartlarini  bajarmagan  taqdirda  maishiy

xizmat ko‘rsatishning alohida shartlari va qo‘shimcha turlari uchun nazarda tutilgan ustamalar

(qo‘shimcha haq) undirilmaydi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga buyurtmani

bajarish  muddatini  buzganligi  uchun  penya,  buyurtmani  sifatsiz  bajarganligi  uchun  esa

mazkur qoidalarning V bo‘limi 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan miqdorda aybona to‘laydi.

5. Ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini to‘lashda quyidagi tartibga rioya qilinishi kerak:

radioelektron  apparatlar,  poyabzal,  kiyim-kechakni  tuzatish,  sartaroshlik  xizmatlari

uchun haq buyurtma bajarilgandan keyin olinadi;

murakkab  uy-ro‘zg‘or  texnikasini  tuzatish  xizmati  uchun  buyurtmachi  xo‘jalik

yurituvchi subyekt bilan kelishilgan, ammo 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan haq

to‘laydi;

mebelni  tayyorlash  va  tuzatish,  uy-joy  va  turar  joy  bo‘lmagan  binolarni  tuzatish  va

qurish,  poyabzal  tayyorlash  va  yakka  tartibda  kiyim  tikish  bo‘yicha  xizmatlar  uchun

buyurtmachi buyurtmani rasmiylashtirishda ish qiymatining 50 foizi miqdorida avans to‘lashi

kerak;

tantanali  tadbirlarda  xizmat  ko‘rsatish,  marosimlarni  o‘tkazish,  aholini  kurslarda



o‘qitish (haqi bir oy oldin to‘lanadi) kinofotolaboratoriya va suratkashlik, kimyoviy tozalash, kir

yuvish,  ovoz  yozib  olish  studiyalari,  transport,  ma’lumot-axborot,  vositachilik  va  komfort

xizmatlari uchun to‘lovlar buyurtmani rasmiylashtirishda to‘liq to‘lanadi.

Buyurtmachi  istalgan  xizmat  turini  rasmiylashtirishda  o‘z  xohishiga  ko‘ra  uning

qiymatini to‘liq to‘lashi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

6.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  tayyorlangan  va  tuzatilgan  buyumlarning

kafolat  muddatlari  amaldagi  texnik  reglamentlar  yoki  standartlar  bilan  aniqlanadi  va  tayyor

buyurtma  egasi  tomonidan  olingan  kundan  boshlab  hisoblanadi,  buyumlar  buyurtmachi  aybi

bilan  o‘z  vaqtida  olinmagan  taqdirda  —  shartnomada  ko‘rsatilgan  buyurtmani  bajarish

muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.



(6-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  3-martdagi  45-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)


Download 94,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish