Qaror qabul qilishning tabaqalash usuli



Download 36,24 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2022
Hajmi36,24 Kb.
#337935
1   2   3   4   5
Bog'liq
12.TTB

Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, tsex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta qaror shu tsex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta'sir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

  • qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati;

  • qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;

  • qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilargi etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).

To’g’ri qarorni tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bo’lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan qaror maqsadini xo’jalik maqsadiga muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur.

  1. Qabul qilingan davlat qarorlarini siyosiy amaliyotda amalga oshirish. Boshqaruv qarori shu bosqichda amalga kiritiladi va hayotga tatbiq etiladi. Davlat ma’muriyati ushbu mamlakat siyosiy rejimiga bog‘liq ravishda usullar (majburlash va ishontirish) kombinatsiyasidan foydalanadi va qabul qilingan strategik qarorlarni amalga oshirish uchun alohida sotsiotexnik vositalarni (mani­pul­lash­tirish, manevrlardan foydalanish) va boshqalarni qo‘llaydi.

  2. Qarorni amalga oshirish ustidan nazorat va uning natijalari bilan “teskari aloqa”. Bu, qaror qabul qilishning tugallovchi bosqichi. Nazoratning va “teskari aloqa”ning yo‘qligi davlat qarorining yoki buzib ko‘rsatilishiga yoki shunchaki bajarilmasligiga yoki, hatto teskari natijaga olib kelishi mumkin. U yoki bu davlat qarorlarining realizatsiyasi nazorati amaliy tadbirlar, texnologik amaliyotlarni siyosiy qarorlar qabul qilishning dastlabki modeli, rejasi va dasturi bilan doimiy ravishda qiyoslashdan iborat bo‘ladi. Nazorat jamiyatdagi institutsional tartibni qo‘llab-quvvatlovchi turli me’yor va amaliyotlarni belgilovchi (korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyat­chi­likning boshqa shakllari), qonun chiqaruvchi qarorlarni bajarishga davlat byudjetidagi umumiy proporsiyaga ko‘ra, moliyaviy va boshqa material zaxiralarning operativ taqsimoti bilan shug‘ulla­nadigan ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga tegishlidir. So‘nggi bosqichlarda umummajburiy qarorlarning refleksif modelini ishlab chiqishdan uni amaliyotga tatbig‘iga o‘tish harakati sodir bo‘ladi.

Davlat qarorlari realizatsiyasi amaliyoti ommaviy siyosatning ikki jihati bilan chambarchas bog‘langan: ijtimoiy zaxiralar va institutsional usullar bilan tartibga solish, insonlarga rahbarlik qilishning instrumental vositalari, ya’ni mamlakat siyosiy rejimining funksionallashuvi. U yoki bu ideal modellar va yo‘nalishlar, siyosiy fikrlar va doktrinalar realizatsiyasining asosiy usullari amalda hamisha aniq siyosiy harakatlar bilan bog‘langan.

F.Brayar va M.R.Jalili QQQJning tahlili metodini umumlashtirib, 4 asosiy yondashuvni ajratdi.

Ulardan birinchisi ratsional tanlov modeli deb nomlanishi mumkin, uning doirasida qaror tanlovi milliy manfaat asosida yagona va ratsional fikrlovchi rahbar tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar faraz qilinadi: a) qaror qabul qiluvchi qadriyatlar yaxlitligi va ierarxiyasi haqida yetarlicha mustahkam tasavvurga ega va ularni hisobga olib harakat qiladi; b) u o‘z tanlovining ehtimoliy oqibatlariga ega; c) QQQJ qarorga ta’sir qilish qobiliyatiga ega har qanday yangi axborot uchun ochiq.

Ikkinchi modelda yondashuv doirasida o‘rnatilgan amaliyotlarga muvofiqlikda harakat qiluvchi hukumat tuzilmasi majmui ta’siri ostida qaror qabul qilinadi, deb faraz qilinadi. Qaror alohida fragmentlarga ajratiladi, hukumat tuzilmalarining tarqoq­ligi, ular tomonidan axborotlarni tanlov xususiyatlari, bir-biri bilan o‘zaro muno­sa­batlarining murakkabliligi, ta’sir va obro‘-e’tibor darajasidagi farqlar - u yoki bu tanlov oqibatlarining tizimli baholanishiga asoslangan QQQJ uchun to‘siq hisoblanadi.

Uchinchi modelda qaror byurokratik ierarxiya va hukumat apparati a’zolari o‘rtasidagi murakkab o‘yin natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har bir vakili o‘z manfaatlari, o‘z qarashlari va davlat tashqi siyosati ustuvorliklari to‘g‘risida o‘z tasavvuriga ega.

Nihoyat, to‘rtinchi yondashuvda shunga e’tibor beriladiki, ko‘p hollarda QQQS murakkab muhitda mavjud bo‘ladi va noto‘liq, cheklangan axborotga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular u yoki bu tanlov oqibatlarini baholash imkoniyatiga ega emas. Bu sharoitda ularda muammoni foydalanilayotgan axborotni o‘zgaruvchanlarning ko‘p bo‘lmagan soniga nisbatan qo‘llash zaruriyati tug‘uladi.

QQQJ tahlilida tadqiqotchi u yoki bu ko‘rsatilgan yondashuvlarni “sof ko‘rinish”da foydalanishdan chetda bo‘lishi zarur. Haqiqiy hayotda ular tomonidan ta’riflangan jarayonlar turli-tuman birikmalarda namo­yon bo‘ladi, bu birikmalarni o‘rganish, ulardan qaysi biriga aniq bir holatda tayanish kerakligini va qaysi biri bilan birlashtirish kerakliligini ko‘rsatish zarur. Qaror qabul qilish jarayoni tahlili ko‘pincha u yoki bu muayyan xalqaro vaziyat, masalan, davlatlararo nizolar evolyutsiyasini bashorat qilish uchun qo‘llaniladi. Bunda QQQSga bevosita tegishli omillargina emas, balki qaror qabul qiluvchi shaxs yoki instansiya salohiyati (zaxiralar yig‘indisi) ham hisobga olinadi.


Download 36,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish