Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
49 
library.ziyonet.uz/ 
Koʻzlaringga xori mehnatdur gul, ulkim gul chogʻi 
Guljabinlar koʻzlari yangligʻ iki bemori bor. 
Dema bulbul zulmigʻa gul bogʻlamish bel, goʻyiyo 
Charx zulmidin aning ham bogʻlagon zunnori bor. 
Qoldi xurramlik falakdin tashqari, koʻr, ey rafiq 
Kim, qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor. 
Faqr yoʻlinda ogʻirroq yuk erur vobastaliq
Ey koʻngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor. 
Ey Navoiy, oʻzni maqbul istasang, tufroq boʻl 
Kim, erur mardud, ulkim boshida pindori bor. 
* * * 
Doʻstlar, men telba ahvoligʻa yigʻlang zor-zor, 
Kim solodur gah-gah oʻt koʻnglumga tushkan xorxor. 
Istamas boʻlsa sabo bir-bir koʻngul jam’ aylamak, 
Nega zulfungni parishonligʻdin aylar tor-tor. 
Sen quyosh birla munosibsen oʻyunda, xoʻblar 
Ikki-ikki chunki kirgaylar, otoshib yor-yor. 
Qoʻrqaramkim, boʻlmagai ozurda nozuk qomating, 
Egninga xush-xushqi solmish ja’di anbarbor bor. 
Halqa-halqa boʻynuma solmish tanobi zulfini, 
Jurmi ishqimgʻa magar hukm ayladi dildor dor. 
Ishq erur andoq murabbiykim, qilur yetkach asar, 
Bulbul oʻlgʻay, ochsa yuz bir sarvi gulruxsor — sor. 
Ey Navoiy, boʻldi ul but kofiri otashparast, 
Ne ajab, vah vah, gar ursa joninga zunnor nor. 
* * * 
Necha tortay vasl uchun men zori mahzun intizor
Vahki, koʻzdin toʻkti selobi jigargun intizor. 
Demakim, ul oygʻa koʻp mushtoqsen yo muntazir, 
Ishtiyoqim benihoyat, andin afzun intizor. 
El mushavvashdur seni koʻzlarda andoqkim vuhush, 
Dasht aro tortar zamon Layligʻa Majnun intizor. 
Yo quyoshimni yetur boshimgʻa yoxud jonim ol, 
Koʻp manga yetkurma, ey bemehr gardun, intizor. 
Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim
Ul quyoshtin ayru tortibmen uzun tun intizor. 
Boshima bir qatla yet, gar xud erur oʻlturgali, 
Oʻldi tortardin chu bu zori jigarxun intizor. 
Ishq shahri muntazirdurlar Navoiy qatligʻa, 
Ul ikiga tortqondek togʻu homun intizor. 
* * * 
Gʻunchai xandon bila husnung guli xurram bahor, 
Xatting andoq sabzakim, boʻlgʻay anga hamdam bahor. 
Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong, 
Sabzaga boisdurur chun boʻldi ersa nam bahor. 
Shodligʻdin gulshani vaslingda yigʻlab, cheksam oh, 
Yopma yuzkim, gulga boʻlmas yel-yogʻindin gʻam bahor. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish