Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
98 
library.ziyonet.uz/ 
Qasri ul husn shahining erur andoq oliy 
Ki, falak kungurasi qasrigʻa dandona emish. 
Koʻzlarim andin emish qonu ramad aynidakim, 
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish. 
Zaxmi koʻp tanda jununluq koʻngul oromidin 
Telbalar maskani fahm oʻldiki, vayrona emish. 
Jannatu kavsar umidi bila oʻldung, ey shayx, 
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish. 
Zuhd ila eyki Navoiyni oʻkarsen, koʻrduk 
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish. 
* * * 
Har pariy paykarga bir devonayekim zor emish, 
Kunda ming zulm oʻlsa, bir ham rahm gohe bor emish. 
Qaysi majnuni balokashga pariy ruxsoridin 
To abad zulm uzra zulm, ozor uza ozor emish. 
Sen bu oyini jafo solding oragʻa, yoʻqsa xalq 
Koʻrsa shiddat lutf birla, yoʻqsa barxurdor emish. 
Olloh-olloh. bu ne soʻz boʻlgʻay menu hijron tuni, 
Vasl subhi qay qachan beyorlargʻa yor emish. 
Hajr shomi shiddatidin ishq tarkin har kecha 
Jazm etibmen, lek doim subh istigʻfor emish. 
Davr jomi birla taskin topmas ermish, soqiyo, 
Kimnikim sargashta qilgʻan bu toʻquz pargor emish. 
Deb emishsen: Jonni bergaymu Navoiy istasam, 
Bilmagansenkim, bu xud jon birla minnatdor emish. 
* * * 
Hushi yoʻq koʻnglum junun dashtida bir shaydo emish 
Kim, aning qoshida Majnun asru-koʻp dono emish. 
Tutti sarigʻ lolalar ruxsori ashkim birla rang, 
Dema, ey ra’noi gulruxkim, guli ra’no emish. 
Har bir ohim dudining maddu savodin koʻrgan el 
Zulfi hajrinda, sogʻingʻaylarki, bir yaldo emish. 
Telba koʻnglum holini bilmak tamanno ayladim, 
Yillar ermishkim, junun dashtida nopaydo emish. 
Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz, 
Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish. 
Ey gʻaniy, ushshoqdin mustagʻniy oʻldung, bilmading 
Kim, fano ahligʻa sultonligʻdin istigʻno emish. 
Anglamas erdim Navoiy holin ul oy koʻyida, 
Har kecha to subh ishi faryodu vovaylo emish. 
* * * 
Sarvi ra’no qaddidin ra’no qading cholok emish, 
Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish. 
Ulki aytur koʻnglaking ul gul gʻamidin chok emas, 
Anglamaydur begʻami gʻofilki, koʻksum chok emish. 
Bazmdin usruk chiqib toʻkti ulusning qonini, 
Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish