Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
92 
library.ziyonet.uz/ 
Magar nazohati mulki Hiriy erur bois. 
* * * 
Jon yetib ogʻzimgʻa topmon dardi hijrondin xalos, 
Jonni hijrondin xalos et yo meni jondin xalos. 
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, boʻlmagʻay 
Bir koʻngul olamda ul zulfi parishondin xalos. 
Dema, nolangdin oʻchar har shom eldin uyqukim, 
Tunning ul boshida el ermas bu afgʻondin xalos. 
Garchi yer topting koʻngulda vahm et ohu ashkdin 
Kim, kirib vayrongʻa boʻlmas kimsa toʻfondin xalos. 
Yogʻsa majnun koʻnglum uzra shoʻxlar dardi ne tong, 
Telba atfol ichra boʻlmas sangborondin xalos. 
Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun 
Kim ani mundin xalos etgil, muni andin xalos. 
Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin koʻngul, 
Vah, qachon boʻlgʻay bizing tutqun bu zindondin xalos. 
Jom davridin xalos oʻlmoqni zinhor istama, 
Eyki, boʻlmoq istading anduhi davrondin xalos. 
Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etqil desam, 
Derki, boʻlmas, boʻlmagʻuncha hukm sultondin, xalos. 
* * * 
Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns, 
Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns. 
Olam ahli muttafiqdurlar meni oʻlturgali, 
To tutubmen ul jamoli olamoro birla uns. 
La’li ma’nusumdurur, oʻltursa oʻltursun koʻzi, 
Ne gʻami jalloddin tutqay Masiho birla uns. 
Men kimu ul xoʻblar shohi bila ulfat, magar 
Vahsh tutqay dasht aro Majnuni shaydo birla uns. 
Toʻlgʻanib zulfung bu majnungʻa ne sarkashlik qilur, 
Chunki savdo ahligʻa bor ahli savdo birla uns. 
Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong, 
Bor esa koʻnglumga zunnoru chalipo birla uns. 
Sarvi nozim kiygali sariq, qizil boʻlmish manga 
Ham guli ra’no bila, ham sarvi zebo birla uns. 
Gar desang dunyoda har dam yuz baliyat koʻrmayin, 
Ey koʻngul, zinhor tutma ahli dunyo birla uns. 
Ey Navoiy, gar desang soqiyligʻ etsun mugʻbacha, 
Tut kirib mugʻ dayri ichra jomi sahbo birla uns. 
* * * 
Ne ajab gar bor esam devonavashligʻ birla xush 
Kim, koʻngul olgʻan pariyroʻyum erur devonavash. 
Man’ etarsiz hushi yoʻq koʻnglumga la’li bodasin, 
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu soʻz usrukka xush. 
Sofi vasli boʻlmasa gar barcha zahri hajridur, 
Soqiyo, bir jur’a tutkim, oldi jonimni atash. 
Soldi koʻnglumni gʻami hijron gudozi ichra yor, 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish