Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
79 
library.ziyonet.uz/ 
Gʻamu anduh ya’jujigʻa har devor saddedur
Fano mayxonasidek topmaduq dorul-amon hargiz. 
Bu damni tut gʻanimatkim, kelur damdin asar yoʻqtur, 
Ne damkim oʻtti, xud andin kishi topmas nishon hargiz. 
Qiron qilding, Navoiy, nazm arokim iltifot etmas, 
Soʻzungdin oʻzga soʻzga xisravi sohibqiron hargiz. 
* * * 
Koʻyung borida qilmon jannatgʻa guzar hargiz, 
Qadding qoshida solmon toʻbigʻa nazar hargiz. 
Oʻqungga koʻngul moyil, mujib nedur, ey qotil
Kim oʻtganidin boʻlmas koʻnglumga xabar hargiz. 
Bu jismi nizor ichra koʻnglumni gumon qilmang, 
Shoxeki qurur, anda kim koʻrdi samar hargiz? 
La’lingda malohatdin jon komidadur lazzat, 
Bu ta’m qachon bergay tuz birla shakar hargiz. 
Koʻngligʻa figʻonimdin rahm oʻlmasa, ey bulbul
Gul gʻunchasigʻa bormu nolangdin asar hargiz. 
Nil oʻlsa sening xasming, desangki zarar topmay 
Bir nashshagʻa olamda yetkurma zarar hargiz. 
Maxlas tilasang gʻamdin dahr ichra Navoiydek
Qoʻymagasen ilgingdin sogʻarni magar hargiz. 
* * * 
Ne gʻam xumor qildi esa qasdi jonimiz, 
Bordur chu kunji maykada dorul-amonimiz. 
Mugʻ kulbasiki, tengri anga bermasun zavol
Bor xuldu salsabil dame armugʻonimiz. 
Kel bir dam, ey harif, xarobot sorikim, 
May vajhidur bu xirqa bila jilsonimiz. 
Ul shoʻx bizdin ayruki ayshi nihon qilur
Billah, bu nav’ yoʻq edi andin gumonimiz. 
Ey aql, qoʻy fasonaki bir vaqt bor edi, 
Har poya minbar uza mulki darsxonimiz. 
Tutmaduq ixtiyor ila mayxona shar’in, 
Qismat hukmi bila chevurdi inonimiz. 
May ichmasang, Navoiy, ziyondur debon, ne sud, 
Yoʻqtur oʻz ilgimizda chu sudu ziyonimiz. 
* * * 
Bormakim, bir dam oʻzumni bila olmon sensiz, 
Kelki, bir lahza tahammul qila olmon sensiz. 
Chiqma koʻnglumdin, oʻlar vaqtkim ul gʻurbatda, 
Jonu tan kishvaridin ayrila olmon sensiz. 
Boda bazmida nashotim tilasang, soqiy boʻl 
Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz. 
Mayi ishqing bila bexudmen, agar hush manga 
Istasang, kel berikim, oyila olmon sensiz. 
Gulu bulbuldek otim sensiz emas el tilida
Shukrkim, soʻzda dogʻi aytila olmon sensiz. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish