Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
71 
library.ziyonet.uz/ 
* * * 
Xasta koʻnglum oʻrtanur goʻyo sevar jonim borur, 
Yigʻlagʻum kelur, magar gulbargi xandonim borur. 
Ul quyosh hajrindakim jonimni oʻrtar gʻam tuni, 
Sham’ yangligʻ, ne ajab, gar durri gʻaltonim borur. 
Nil ila har yon alif koʻksumga qozgʻon, vah, ne sud, 
Kim alifdek qad bila sarvi xiromonim borur. 
Evrulub boshigʻa, ruxsoridin oʻrtan, ey koʻngul, 
Kuygucha hajrinda chun sham’i shabistonim borur. 
Men xud oʻlgum, shukrim, ul ham bora olgusi yoʻq, 
Tigʻi hajri zaxmidin bu nav’kim qonim borur. 
Gʻoziy oʻldumkim, ajal boʻgʻzumni buqqaykim, nedin, 
Men qolib mahjur, anga har lahza afgʻonim borur? 
Ne namoz oʻlgʻayki, oʻzni koʻrguzub jam’ ichra jam’, 
Yuz parishonligʻ sari tab’i parishonim borur. 
Ey Navoiy, shu’laliq joning ovuchlab, boshla yoʻl, 
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur. 
* * * 
Ohim gʻamingda gumbazi axzarni kuydurur, 
Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur. 
Otashkada oʻtida samandar topar hayot, 
Koʻnglum oʻti valek samandarni kuydurur. 
To qomatinggʻa ne uchun oʻxshatti bogʻbon, 
Ohim samumi sarvu sanavbarni kuydurur. 
Bir oʻtdurur tanimdakim, aning harorati 
Koʻnglakni kul qilur, dogʻi bistarni kuydurur. 
Derlarki, ogʻiz oʻt desa kuymas, vale bu oh 
Chun sabt boʻlsa, xomau daftarni kuydurur. 
La’ling xayoli koʻngluma oʻt soldi, vah, koʻrung, 
Ne tez erur bu bodaki, sogʻarni kuydurur. 
Soqiy, gʻam ichra oʻldi Navoiy — piyola tut 
Kim, gʻussalardin ushbu oʻt aksarni kuydurur. 
* * * 
Tirguzur har dam raqiblarniyu meni oʻlturur, 
Oʻt yoqib el jonigʻa mening ichimni kuydurur. 
Koʻnglum ahvolin sabodin soʻrdum ersa dedikim: 
«Telbalardek bir pari koʻyida sargardon yurur». 
Ul quyosh yuziga boqqon soyi ortar koʻz yoshim, 
Mehr tobidin agarchi har nekim, oʻldur qurur. 
Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la’l ogʻzini, 
Oʻynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yoshurur. 
Senki yoʻqsen mohruxlar jilva aylarlar valek, 
Kecha ishnor qurt nuri mshr chiqqoch bilgurur. 
Ul quyosh hijronida har tun iki munglugʻ koʻzum 
Tonggʻa tegru subhidam yoʻligʻa boqib telmurur. 
Tuzluk aylab sham’dek vah bilmadimkim bu ne hol 
Mehnat oʻti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish