Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
63 
library.ziyonet.uz/ 
* * * 
Jonim oromi uchun qosidki, jonondin kelur, 
Goʻyi jonparvar nasime obihayvondin kelur. 
Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin, 
Mujdai jon yeldinu yel mohi Kan’ondin kelur. 
Va’dai vasliki jonondin kelur hijron kuni
Tindurur koʻnglumni soʻz yangligʻkim ul jondin kelur. 
Gavharidekdurki chiqmish xomasining noʻkidin, 
Noma uzra shodligʻ ashkimki mujgondin kelur. 
Shodligʻdin jon nisor etsam ne tongkim, bu xabar 
Ham koʻnguldin, filmasal, ham koʻnglum olgʻondin kelur. 
Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonligi
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur. 
Deb emish nomamgʻa qilmaydur Navoiy jon nisor, 
Anda jon boʻlsa qachon bu nav’ ish ondin kelur. 
* * * 
Shahsuvorim har qachon javlon qilur, 
Mahv oʻlub bilmon oʻzumni haq bilur. 
Anga har koʻzkim tushar, kirpiklari 
Xasta koʻnglumda tikandek sanchilur. 
Ochilur koʻnglum samandi sayradin, 
Gʻuncha yangligʻkim sabodin ochilur. 
Ayrilur goʻyo quyoshdin bir shihob
Oti na’lidin har oʻtkim ayrilur. 
Oh tortarda magar jon pech urur, 
Oʻq otarda har qachonkim qayrilur. 
Tavsani gardunni markab qilmakim, 
Yer bila rokibni oxir teng qilur. 
Tez etar tiygʻing Navoiy ishqini, 
Garchi oʻt oʻchar, agar suv sochilur. 
* * * 
Koʻk gʻazoli chunki kofur uzra mushkafshon boʻlur, 
Kavkabafshon koʻzlarimdin ul quyosh pinhon boʻlur. 
Mungrayib andoq sinuq koʻnglum buzulurkim, sipehr 
Bul’ajab holimga yuz ming koʻz bila hayron boʻlur. 
Gah yurub, gah oʻlturub, bir lahza tutmasmen qaror
Gʻussa bandidin bari olam manga zindon boʻlur. 
Gah koʻngul oʻti urar koʻksum shigofidin alam, 
Gah bagʻir pargolasi koʻz yoʻlidin gʻalton boʻlur. 
Oʻltirur uy saqfigʻa ohim tafidin qatralar, 
Yo mening holimgadurkim tomu tosh giryon boʻlur. 
Eyki, istarsen salomat ishq koʻyin soʻrmagil, 
Kim bu yoʻlga har kishikim tushti sargardon boʻlur. 
Istaganga doʻst komin istabon kuymak ne tong
Gar tutun sunbul, oʻtun ashjoru oʻt rayhon boʻlur. 
Ichni uryon qilki, toshing zebi man’i faqr emas
Faqr emastur gar iching mamlu, toshing uryon boʻlur. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish