Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
51 
library.ziyonet.uz/ 
Qaladi, vahki, oʻtundek soʻngaklarimii sipehr, 
Bu yangi oʻtqaki tan kulbasida yoqiladur. 
Firoq kojlari birla, vahki, ne oʻtlar 
Bulutdek ashkfishon koʻzlarimga choqiladur. 
Sirishk ayladi xokiy tanimni andogʻkim, 
Qadam qoʻyay desa, uyqu koʻzumga yoyiladur. 
Qochar bu telba koʻngul, yana voqif oʻl, ey aql 
Ki tolpinur koʻpu koʻksum shikofi ochiladur. 
Gʻarib qissa erur ishqkim, tuganmadi hech, 
Agarchi boʻlgʻali olam binosi aytiladur. 
Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur. 
* * * 
Xoli hijronida koʻnglum dardi beandozadur, 
Dogʻdin borgach qaro tashvishi aning tozadur. 
Tushta Yusuf hay’atin koʻrdum habibim yodidin, 
Goʻyi ul qolab, bu ruhi mahz uchun andozadur. 
Zaxmim ogʻzi butmasidin uyqum oʻchmish, ey rafiq
Goʻyiyo bu oʻzga uyqu keltirur xamyozadur. 
Gʻamzasi jallodida holin koʻngulning bilmadim, 
Ey sabo, tengri uchun koʻyida ne ovozadur? 
La’li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare, 
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur. 
Zaxmidin qon koʻp oqib yoxud junundindur, bukim, 
Ul pari koʻyida har dam telba koʻnglum ozadur. 
Itlari qut etsun oʻlturgach Navoiy qonini, 
Barcha gar har qatra bir jannat guligʻa gʻozadur. 
Voqif oʻlkim, beshayi jahl ichra jisming hujrasi, 
Nafs sayyodi havo saydin tutarga kozadur. 
* * * 
Qoshing avji malohatning yangi tuqqan hilolidur
Qading naxli latofat bogʻining navras niholidur. 
Fido jonim qading naxligʻakim, garchi erur navras, 
Bale andomu ra’nolikda haddi e’tidolidur. 
Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi, 
Oning tab’ida muzmar gʻuncha yoʻq ogʻzing misolidur. 
Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdagʻi nutqi, 
Beling jonbaxshliqta koʻngliga kirgan xayolidur. 
Ne tong, koʻnglum agar majruh oʻlub, qon borsa zaxmidin 
Ki uzgan gʻunchadek bir tiflvashning poymolidur. 
Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam, 
Bu damkim, jonim ul shoʻx itlari singon safolidur. 
Xalo mavjud emas suv zarfidin chiqqach havo toʻldi, 
Havoi ishqdin mamludur oʻzdin kimki xolidur. 
Navoiy ashkidek ul shoʻx agar tipmas, ajab ermas, 
Qilurlar poʻya yoshlar to yugurmak ehtimolidur. 
Fano dayrin tilarmen men, vale uchmogʻni zohidkim, 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish