Qaro aloqalari va jaxon hamjamiyatidagi o‘rni


O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati



Download 24,22 Kb.
bet3/4
Sana06.07.2021
Hajmi24,22 Kb.
#110959
1   2   3   4
Bog'liq
6-amaliy ish

O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitutsiyasi 4-bob, 17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:

  1. Davlatlarning suvereniteti, tengligi.

  2. Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.

  3. Chegaralarning daxlsizligi.

  4. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.

  5. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

Bu prinsiplar O‘zbekistonning manfaatdorlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirildi. Prezident Islom Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" asarida O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular:

1) Milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan holda o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish.

2) Umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish.

3) Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlilik, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish.

4) Mavkuraviy qarashlardan qat’iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng aloqani o‘rnatish.

5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.

6) Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro xamkorlikni kuchaytirish.

1995 yil 30 avgustda "O‘zbekiston Respublika xarbiy doktrinasi to‘g‘risida" Oliy Majlis qonuni qabul qilindi.

1996 yil 26 dekabrda "O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi.

Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq quyidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi va unga amal qilib kelmoqda:

1) O‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustuvorligi.

2) Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlapiga aralashmaslik.

3) Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.

4) Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi.

5) Tashqi aloqalarni ham ikki tamonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.

O`zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko`rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo`lga qo`yildi. 1994-yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidagi hamkorlik” Dasturiga qo`shildi. Bu dasturga ko`ra, O`zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o`tkazilgan harbiy mashqlarda, O`zbekiston xududida amerikaliklar bilan o`tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o`tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o`ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo`lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O`zbekistonning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O`zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo`lish uchun imkon berar edi”. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O`zbekistonga tashriflari O`zbekiston va mazkur tashkilot o`rtasidagi tinchlik yo`lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko`rsatdi.

O`zbekiston BMTga a’zo bo`lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor xodimlari qo`mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo`lib kirishi masalasi ko`tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O`zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O`zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo`linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo`yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning “Inson xuquqlari bo`yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o`tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko`rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O`zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo`lib qoldi. O`zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Unda O`zbekiston rahbariyati tomonidan “xavfsizlikning, shu jumladan, Yevropa xavfsizligining chegarasi yo`q. Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining roli, ahamiyati, qolaversa, mas’uliyati Yevropa bilangina chegaralanib qolmasligi, undan tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo`ladi” deb aytilgan so`zlari alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur anjumanda O`zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o`z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo`ldi. Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb yana bir bor e’lon qildi. O`zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to`xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.

1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo`lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O`zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo`lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabix niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo`qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo`ldi. Bu kurashga O`zbekiston o`zining katta hissasini qo`shmoqda. Buni AQSh senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O`zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo`lmas edi”,-deydi.

Bu o`rinda O`zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to`xtab o`tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo`yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo`lib, bu muzokaralar 1996-yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o`laroq O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to`g‘risidagi bu hujjat O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o`z o`rni va ovoziga ega bo`lishida katta ahamiyat kasb etdi. I.A.Karimov qo`lga kiritilgan bu bitimni “O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi o`rtasidagi munosabatlarda “yangi turmush nuqtasi” deb atadi. Mazkur bitim O`zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo`lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo`layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o`zaro hamkorlikning keng ko`lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo`lib xizmat qildi.


Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish