Qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


IV. Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana04.10.2019
Hajmi0,7 Mb.
#22991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ЎДЖҚНА2-6МАВЗУлар


IV. Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda “Fidokor” gazetasi muxbiri

savollariga javoblari “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va buyuk kelajakka

ishonchdir” deb nomlangan bo’lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan.

Har qanday jamiyatni, xalqni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z

muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g’oyalari mavjud

bo’lib kelgan. Prezidentimiz tahbiricha, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy

mazmuni, intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz

yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o’z manfaatlarini milliy g’oya, milliy mafkura orqali

belgilab oladi.

Hozirgi zamonda eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz

davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezident Islom Karimovning “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq ehtiqodi va kelajakka

ishonchdir” asarida ko’tarilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat:

-

Mamlakat, davlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.



-

Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p



84

narsani hal qiladi.

-

Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o’ziga qaratish uchun



kurashmoqda.

-

Mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki hozirgi paytda ro’y



berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo’shliq tufayli yuz bermoqda.

-

Odamning qalbida ikkita kuch – bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro



kurashadi.

-

Yot mafkuraviy tahsirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni



kuchaytirish kerak.

-

Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik



famiyatini barpo etishdan iborat.

-

Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.



-

Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.

-

Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga qaratilishi kerak.



-

Jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.

-

Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo’nda qilib tushuntirishda turli vositalardan



samarali foydalanish.

-

Mafkura qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo’lganligi



boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor.

-

Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo’lmaydi, u printsipial masaladir.



-

Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg’usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga

ehtiborda bo’lishi, oila mahalla, ya’ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga,

diniy qadriyatlarga, mahrifat tamoyillariga monand rivojlanish kerak. (Karimov I.A. Asarlar. T.

8. 489-508-betlar).

V.  2001 yil 18 yanvarda O’zbekiston Prezidentining “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy

tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha tahlim dasturlarini yaratish va respublika tahlim

tizimiga joriy etish to’g’risida” gi Farmoyishi qabul qilindi. Bunga ko’ra Oliy va o’rta maxsus

o’quv yurtlarida, maktablarda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Milliy

g’oya va ma’naviyat asoslari” fanlari tahlim dasturlariga kiritildi.

VI.  2006 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya

targ’iboti va ma’naviy-mahrifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarori qabul

qilindi. Qarorga binoan Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura

ilmiy targ’ibor markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashining ilmiy-amaliy

yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan Milliy g’oya va

mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Ya’ni, Respublika “Ma’naviyat va mahrifat”

markazi Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishda

faoliyat olib boradigan Respublika targ’ibot markaziga aylantirildi.



1. Geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy tahsir o’tkazishning «Bo’lib

tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilining quyidagi yo’llari mavjud:

1) Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish.

2)  Mintaqa  davlatlari  o’rtasida  turli  ziddiyatlarni  yuzaga  keltirish.  Mintaqada

gegemonlikka asoslanib, davlatni zaiflashtirish orqali o’z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishish.

3)  Xalqaro maydonda  muayyan  mamlakat haqida  noto’g’ri,  noxolis  tasavvurlarni

shakllantirish.



2. Mintaqada geostretegik manfaatlarni ifodalovchi «Bo’lib tashla, va hukmronlik qil»

tamoyilini to’ldirishga xizmat qiluvchi «Imtiyozli hamkorlikni belgilash» tamoyili ham mavjud.

Uning maqsadi:

1) Har bir davlat kim balandir shiori bilan imtiyozli hamkorlikka asoslanishi.

2) Ayirmachilikni shakllantirish.

3) «Nomaqbul» davlatlar imkoniyatlarini cheklash.

4) Maqsad - muayyan mintaqaga tahsir o’tkazish plandarmiga ega bo’lish.


85

3.  «Teng huquqli  va  o’zaro  foydali hamkorlik» tamoyili  geostro-tegin  manfaatlarni

ro’yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to’g’ri yo’lidir.

O’zbekiston bunga amal qilib kelmoqda.

Barkamol_shaxs_–_demokratik_jamiyat_tayanchi.'>Barkamol shaxs – demokratik jamiyat tayanchi. Ma’naviy barkamol  inson haqidagi

ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kuni kecha paydo bo’lgan emas. Uning tarixiy

ildizlari SHarq mutaffakirlari ijodiy, falsafiy tahlimotlariga borib taqaladi. Ayni paytda dunyoda

eng rivojlangan demokratik mamlakatlar tarixiy taraqqiyotini o’rganish shundan dalolat beradiki,

biron-bir  jamiyat  dastlab  barkamol  avlodni  voyaga  yetkazmasdan  turib,  buyuk  o’zgarishlarni

sodir  etolmagan.  Mustaqil  O’zbekiston  taraqqiyotining  taqdiri,  uning  kelajagi ham  bundan

mustasno  emas.  Mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan ta’kidlab  kelinayotganidek, har  qaysi

jamiyat, har qaysi davlat va millat qudrati, uning tabiiy boyliklari harbiy kuchiga va hatto ishlab

chiqarish  texnologiyalariga ham  bog’liqligi  nisbiydir.  Uni  birinchi  navbatda  dunyoga

tanitadigan,  yuksak  madaniyatli ma’naviy barkamol  insonlardir.  Masalan, ana  shu  nuqtai

nazardan  yondashish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Negaki,  demokratik  jamiyatning  o’zini ham

faqat  mahrifatli, ma’naviy barkamol  kishilargina  barpo  etishi  mumkin.  Prezident  Islom

Karimovning  Oliy  Majlisning  Birinchi  chaqiriq,  birinchi  sessiyasida  «O’zbekistonning  siyosiy-

ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy  tamoyillari»  mahruzasida  «Biz  sog’lom  avlodni

tarbiyalab,  voyaga  yetkazishimiz  kerak.  Sog’lom  kishi  deganda  faqat  jismoniy  sog’lomlikni

emas,  balki  sharqona  axloq-odob  va  umumbashariy  g’oyalar  ruhida  kamol  topgan  insonni

tushunamiz» - degan  fikrlari  mamlakatimizda  demokratik  jamiyatni  barpo  etishda – barkamol

avlodni  voyaga  yetkazish  strategik  ahamiyatga  ega  ekanligi  isbotidir.  SHu  o’rinda  barkamol

shaxs  tushunchasi,  uning  demokratik  jamiyatni  barpo  etishdagi  o’rni  masalasini  tahlil  etish

muhim ahamiyatga egadir. Albatta, SHarqning buyuk allomalari asarlarida komil inson masalasi

doimiy ravishda katta o’rin olib kelinganligiga va ularni bezovta qilganligiga ham bog’liq emas.

Bu  muammoga  o’z  munosabatini  bildirgan  Yurtboshimiz  shunday  deydi:  «Qadimgi

ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak,

SHarqona  axloq  kodeksini  ishlab  chiqqanlar».  Va  davom  etib «Komil  inson  deganda,  biz,



avval, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan

bilimli, mahrifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab

bo’lmaydi.  U har  bir  narsani  aql,  mantiq  tarozisiga  solib  ko’radi. O’z  fikri-o’yi,  xulosasini

mantiq  asosida  qurgan  kishi,  yetuk  odam  bo’ladi».

48

Ana  shunday  barkamol,  yetuk  insonlarni



tarbiyalab,  voyaga  yetkazish  mustaqillikni  mustahkamlash,  uni  ko’z-qorachig’iday  asrab-

avaylash talab-ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv taraqqiyot zaruratidir.

Buyuk  shoir  va  davlat  arbobi  Alisher  Navoiy  bundan  besh  asr  oldinoq  komil  insonlar

haqidagi tahlimotini yaratgan edi. Uning bu haqdagi fikrlari asosan «Mahbub ul-qulub», «Hayrat

ul-abror»,  «Nasoyimul  muhabbat»  asarida  o’z  ifodasini  topgan.  Alisher  Navoiyning  komil

insonga  xos  xususiyatlar,  uning  SHarqona  xislat  va  fazilatlarini  batafsil  sanab  o’tgan.  U

«Mahbub ul-qulub» asarida «Odam ikki dunyoning eng aziz va sharof mahluqidir», degan so’zni

keltiradi. A.Navoiy fikricha, Parvardigorning olamni yaratishdan maqsadi inson edi.

SHunday  ekan,  mamlakatimiz  kelajagi,  demokratik  islohotlar  taqdiri  kishilarning,  butun

xalqning  ongi,  mahnviyati  darajasiga  bog’liq. Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa,

shaxsga

aylanadi.



Kishi

shaxs


darajasiga

ko’tarilsagina,

ya’ni

o’z


mustaqil

fikriga,


dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lganidagina, “demokratiya nehmatlarining

oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va

demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va

erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”

49

.

Barkamol



avlod



O’zbekiston

taraqqiyotining

poydevori

hamda

“Tahlim

to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida tahlim tizimini isloh qilish

masalalari. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov

48

Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. -T., O’zbekiston, 1999. 134-bet.



49

Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati

asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Asarlar. T.11. – T.: O’zbekiston, 2003. – 3–51-b.


86

“Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” haqida mahruza qildi. Bu mahruzada

tahlim tizimini tubdan isloh qilishning bosh maqsad va yo’nalishlari, strategik yo’nalishlari

belgilab berildi. Mazkur sessiyada 2 ta tarixiy xujjat ham qabul qilindi.  1. “Tahlim



to’g’risida”gi Qonun va 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi . “Tahlim to’g’risida”gi qonun 5

bo’lim 34 moddadan iborat. Bunda tahlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 9 ta printsipi

bayon etilgan bo’lib, tahlim va tarbiyaning insonparvarligi, demokratik harakterda ekanligi

uzluksiz va izchilligi, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar, uning dunyoviy harakteri kabi

tamoillar ko’rsatib berilgan. Prezdentimiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va

vazifalari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida gapirib o’tdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

5 bo’limdan iborat, unda 1) Muammoning va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish

omillari deb nomlanib, unda rivojlanishning erishilgan darajasi kamchilik va muammolar, isloh

qilish omillari chuqur ochib berilgan.  2)  “Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga

chiqarish bosqichlari”da esa dasturning maqad va vazifalari, dasturni ruyobga chiqarishning 3

bosqichi: a)  1997-2001; b)  2001-2005 va; v)  2005 undan keyingi yillar haqida keng fikr

yuritilgan.  3) Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz tahlim,

uzluksiz tahlimni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari, uni isloh qilish yo’llari, uzluksiz

tahlim tizimi va turlari: maktabgacha, umumiy urta tahlim, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi,

oliy tahlim, oliy o’quv yurtlaridan keyingi tahlim, kadrlar malakasini oshirish va uni qayta

tayyorlash, maktabdan tashqari tahlim turlari berilgan. Kadrlar tayyorlash tizimida fan, ishlab

chiqarish masalalari o’rin olgan.  4) Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy

yo’nalishlari berilgan va 5) dasturni ruyobga chiqarishga doir tashkiliy chora- tadbirlar bayon

etilgan. Ushbu Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi juda katta tarixiy ahamiyatga

ega ham bo’ldi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dasturning maqsadi – tahlim sohasini tubdan isloh

qilish, uni o’tmishdan qolgan mafquraviy qarashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan

demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori

malakali kadrlar milliy tizimini yaratishdir deyiladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun

qushimcha 65 mlrd. so’m ajratish, qo’shimcha mablag’ berish takidlab o’tilgan edi va u bugungi

kunda amalga oshirildi. Birinchi bosqichni ruyyobga chiqarish uchun uning xuquqiy asoslari

barpo etildi. Ikkinchi bosqich davrida esa asosiy ehtibor uning sifat bosqichi bo’lib bunda

tahlim sohasini yanada takomillashtirish bilan bog’liq jihatlarga ehtibor berildi.  1997 yil 6

oktyabrda Prezidentning “ Tahlim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish,

barkamol avlodni voyaga  yetkazish to’g’risida” farmoni qabul qilindi. Mazkur qonun va

farmonlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag’ishlab, bir qator qonun va

normativ hujjatlar qabul qilindi.

Prezident Islom Karimovning 2005 yil 7 fevraldagi "Yangi hayotni eskicha qarash va

yondashuvlar bilan ko’rib bo’lmaydi" nutqida tahlim tizimiga oid masalalarning ilgari

surilishi.

2005 yil 7  (fevralg’ kuni Prezident Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Vazirlar

Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo’lgan uchrashuvida "Yangi hayotni eskicha qarash va

yondashuvlar bilan qurib bo’lmaydi" mavzuida nutq so’zlab tahlim tizimiga oid dolzarb

muammolarni bayon etdi.

Jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh

qilish, hayotimizning barcha sohalarida liberallashtirish, ya’ni erkinlashtirish vazifalari aniq

belgilab berildi. Bu vazifalar bevosita tahlim tizimiga ham tahsir etmasdan qolmasligi ta’kidlab

o’tildi. Tahlim tizimi rahbar kadrlariga ham ikkita talab asosida yondashmoq kerak. I. Birinchi



talab - har bir mutasaddi rahbarning o’z ishiga bo’lgan mashuliyatini tubdan o’zgartirish,

shaxsiy javobgarlikni oshirish lozim. 2. Ikkinchi masala - hukumat ahzosi sifatida sizlarga katta

ishonch, katta vazifa yuklatilgan, dedi Prezidentimiz. Rahbar faoliyatiga ana shu 2 ta talabga

javob berishga qarab baho berishimiz, xulosa chiqarishimiz kerak. Mayli rahbarning bilimi



87

yetishmasin, uni o’rgansa bo’ladi. Lekin u mashuliyat va javobgarlikni unutsa, ishda hech

qanday siljish va o’zgarish bo’lmaydi.

Bugungi kunda umumtahlim maktablari, akademik litsey va kollejlarga byudjet

mablag’larining qariyb 50 foizi sarflanayapti. Hozir zamonaviy kollejlar qurildi, lekin ularda

kimlar ishlayaptiq Kollej direktorlarini tasdiqlash rasman Vazirlar Mahkamasining vakolatiga

kiritilgan. Lekin amalda bu ish qanday yo’lga qo’yilganq Ana shu yangi-yangi kollejlarning

rahbarlarini qachon tasdiqlash kerak, ishga kirishishdan oldinmiq Yangi direktor ish boshlashdan

avval xo’jalikni qabul qilib olishi lozimmiq O’qituvchilarni tayyorlash kerakmiq Kollejlarning

moddiy-texnika bazasi, o’quv jihozlari, moddiy boyliklar uchun kimdir javob berishi kerakq

Joylarda ahvol tamoman boshqacha bo’lmokda. Misol uchun bir tumanda kollej qurilishiga

ajratilgan mablag’ning 30 foizi qo’shib yozib o’zlashtirib yuborilgan. Qurilgan kollejlarning usti

yaltiroq, ichi qaltiroq. Maktablarning ahvoli ham bundan battar. SHu tariqa bir to’la qallob bu

boradagi davlat siyosatini chippakka chiqarmoqda. Tuman, viloyat hokimlari esa bu ish bilan

ishi yo’q. Nega bularning jilovi tortilmaydi. Viloyat kollejlarining ahvolini o’rganish, litsey-

kollejlarga kim direktor, kim o’qituvchi, u yerda qanday ishlar borayaptiq Barchamizning ertangi

umidimiz farzandlarimizning tahlim va tarbiya olishi qanday tashkil etilganligiga bog’liq

emasmiq Albatta shunga bog’liq. fikrimcha, Toshkent Texnika universiteti qoshida kollejlar

uchun o’qituvchilar tayyorlaydigan qo’shimcha fakulg’tet tashkil etish kerak.  2005 yil iyulg’

oyidayoq ochish lozim. Prezidentning bu fikrlari inobatga olinib, amalda joriy etilmoqda.

Kadlar tayyorlash milliy dasturining hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan litsey va kollejlardagi

mavjud ahvolni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini

ta’minlashga alohida ehtibor berish zarur. Zero, yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar

bilan qurib bo’lmaydi. (Mahrifat, 2005 yil 19 fevralg’).

Demak, Prezidentimiz har qanday tashkilot bo’lmasin mutasaddi rahbarning o’z ishiga

bo’lgan javobgarligini oshirish, bildirilgan ishonchga mashuliyat hissi bilan yondashmoq

lozimligini alohida ta’kidladilar.

2005 yil 2 iyundagi “2005 – 2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv

yurtlariga qabul to’g’risida”gi Prezident qaroriga ko’ra, oliy o’quv yurtlarini davlat granti

asosida bitirgan yosh mutaxassis tahlim muassasalarida 3 yil majburiy ishlab berishi belgilangan.

Ushbu qarordan kelib chiqqan holda 2006 yilda oliy tahlim muassasalarini tugatgan jismoniy

tarbiya o’qituvchilari yo’llanma bo’yicha respublikamizning mazkur fan muallimalariga ehtiyoj

bor maktablarga ishga taqsimlandi.

Jamiyatning ma’naviy yangilanishi - demokratik fuqarolik jamiyat barpo etish omili.

Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o’zbek

xalqini ham o’z tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o’zligidan

ayirishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og’ir “meros” haqida

keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi:  “Bu tuzum o’z xalqining tarixini,

uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”

50

.

Uzoq yillar davom etgan tutqunlik, g’ayriinsoniy mafkuraning yakka hukmronligi bizga



mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari – andisha, nazokat libosini

kiydi va haqiqatni dadil aytish, o’z fikrini ochiq bildirish, yumshoq aytganda, beodoblikka,

beandishalikka yo’g’rildi. Vaholanki, demokratiya – yaxshi niyatli rostgo’ylikni, fikr erkinligini

taqozo etadi.

Afsuski, sobiq ittifoq hududida bu kabi eski kasalliklardan xalos bo’lmagan kimsalar

hamon uchramoqda. Buni I.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi mahruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday

deydi:  “...o’z umrini yashab bo’lgan, siyosiy jihatdan kasodga uchragan, kommunistik

mafkuraga asoslangan tizimni sog’inib-qumsab gapirayotgan ayrim siyosat va davlat arboblari –

eski tuzum tarafdorlari yana qaytadan bosh ko’tarayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z

50

Karimov. I.A Vatan sajdagoҳ kabi muqaddasdir. 3-jild. -T.: O’zbekiston, 1996. 7-b.



88

bilan aytganda, SSSRning g’oyasi sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas

va buni biz doimo inobatga olishimiz, hamisha sergak va hushyor bo’lib yashashimiz zarur”

51

.



SHukrlarkim,

xalqimiz


ongi,

qalbiga


chuqur

singigan


minglab

yillik


ma’naviy

qadriyatlarimiz, milliy anhanalarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik

mafkuraning domiga to’liq tushib qolishdan asradi. Ammo Abdulla Qahhor tahbiri bilan

aytganda:  “erning sho’rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho’rini yuvish qiyin

ekan-ki,  “manqurtlik kasali”ning asoratlari bahzi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha

saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan



ma’naviy merosni o’rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tariximiz

qancha ko’p o’rganilsa, undan bugungi ma’naviyat, g’oyaviy islohotlar uchun shuncha ko’p

amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni ozod tut”,

degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmiq Yoki yana bir misol: O’rta asrlar tibbiyot

ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbiyoti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbiyot” degan bitta

nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-

Rahmon ibn Javziy (vafoti-1201 y.), Abu Ishoq Irohim ibn Yusuf Ash-SHeroziy (vafoti – 1093

y.) kabi ko’plab SHarq allomalari o’z kitoblarini yozib qoldirganlar. Tan tabobati inson jismi

bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va davolash bilan shug’ullangan bo’lsa, ma’naviy

tibbiyot

inson

qalbi,

ongini

illatlardan

forig’

etishga,

insoniy

fazilatlarni

takomillashtirishga xizmat qilgan.

Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-

harakatlari, faoliyati va ehtiyojlarining mezoniga aylanmay turib, jamiyat bironta muammolarni

samarali hal etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.

Turkiston o’lkasining XIX asr 70-yillarida Rossiya imperiyasining mustamlakasiga

aylanishi tarixi buning yorqin misoli bo’la oladi. Xalqimiz tarixidagi bu qayg’uli hodisaning

ko’plab sababini keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi, jamiyatning ruhiy evrilishga uchragani,

elga bosh bo’lishi lozim bo’lgan hukmdorlardan tortib, boy va ulamolargacha o’z shaxsiy

manfaati doirasida o’ralashib qolganligi, istiqlol uchun kurashgan ziyolilarning sahy-

harakatlariga qaramay, jamiyat kishilari birlasha olmagani ekanligi, desak xato qilmaymiz.



Tarix – xalq ma’naviyatining asosi. Tarixiy taraqqiyot yo’lida insoniyat to’plagan tajriba

va saboqlar ma’naviy mezon va qarashlar tizimi sifatida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadi.

I.A.Karimovning tarixchi olimlar bilan suhbatda:  “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”,

52



deb aytgan so’zlarining mazmun-mohiyati ana shunda.

Tarix saboqlari insonni xatolardan asraydi, hushyorlikka o’rgatadi, ruhiy evrilishdan

asraydi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’naviyat faqat meros bo’lib avloddan-avlodga o’tadigan

tarixiy qadriyat bo’lmay, doimiy rivojlanib, yangi davr qadriyatlari bilan boyib, uyg’unlashib

boradigan, doimiy harakatdagi hodisadir. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti

I.Karimov

ta’kidlaganidek:  “Bizning

anhanaviy

qadriyatlarimizni

hozirgi


demokratik

jamiyatning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning,

jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilishining garovidir”

53

. SHuning uchun ham mustaqil



O’zbekistonni

rivojlantirishning

to’rt

asosiy


ma’naviy

negizlari

ichida

“umuminsoniy



qadriyatlarga sodiqlik” belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqini hozirgi tsivilizatsiya

o’zida ifoda etadigan demokratiya, inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, erkin

bozor munosabatlari, so’z erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Inson ruhiyati sog’lom bo’lsa, o’zligini anglasa, shaxsga aylanadi. Kishi shaxs darajasiga

ko’tarilsagina, ya’ni o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega

bo’lganidagina,  “demokratiya nehmatlarining oddiy istehmolchisi emas, balki ularning faol

51

Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati



asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Asarlar. T.11. – T.: O’zbekiston, 2003. – 3–51-b.

52

Karimov I.A Mahnaviy yuksalish yo’lida. –T.: O’zbekiston, 1998. 438-bet.



53

Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. –T.: O’zbekiston, 1998. 135-bet.



89

yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda

barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo’ladi”

54

.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish