- Qo‘y go‘shti buyrak bilan kelgan bo‘lsa buyragi ajratiladi va tos suyagi bilan bel umurtqasi birlashgan eridan ko‘ndalangiga bo‘linib old va orqa bo‘laklarga ajratiladi.
- Old qismini bo‘laklash va suyakdan ajratish. Qo‘yning old qismi: qo‘l, bo‘yin, to‘sh; biqin qismlarga ajratib bo‘laklanadi. Avval qo‘li ajratiladi, so‘ng bo‘yin umurtqa suyagi oxirgi bo‘g‘indan. chopib, bo‘yin bo‘lagi ajratiladi. Qolgan qismini ajratish uchun umurtqa suyagining tepa to‘rtib chiqqan eri ikki tomonlama suyagiga taqalib, go‘shti uzunasiga kesiladi va qovurg‘a suyagi bilan umurtqa suyagi birlashgan eridan ikki yoqlama chopilib, umurtqa suyagi ajratib olinadi. To‘sh qismi uzunasiga chopib ikkiga bo‘linadi va ikkita bo‘lak hosil qilinadi. Bir bo‘lagi to‘nkaga tashqi tomoni bilan qo‘yilib qovurg‘a suyagini umurtqa suyagidan ajralgan qismidan 8 sm qoldirilib, har bir qovurg‘a suyagi chopiladi. Go‘shti kesilib, to‘sh bo‘lagi va biqin bo‘lagi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |