Odamlar hayvonlarni qoʻlga oʻrgatgan va ulardan xoʻjalik maqsadlarida foydalangan davrdan boshlab hayvonlarni davolab ham kelganlar. Oʻzbekistonda keng tarmoqli Veterinariya muassasalari va tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari va stansiyalari, Veterinariya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlari va texnikumlari tashkil etilgan. - Odamlar hayvonlarni qoʻlga oʻrgatgan va ulardan xoʻjalik maqsadlarida foydalangan davrdan boshlab hayvonlarni davolab ham kelganlar. Oʻzbekistonda keng tarmoqli Veterinariya muassasalari va tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari va stansiyalari, Veterinariya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlari va texnikumlari tashkil etilgan.
Respublikada Veterinariya fani rivojiga G. I. Skryabin, M. A. Sultonov, J. Azimov, N. V. Badanin, E. H. Ergashev, N. M. Matchonov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, M.Aminjonov, Sh. Azimov, A. O. Oripov, T. Q. Qobilov, O. M. Mavlonov, A. L. Roʻzimurodov, Z. N. Norboyev, J. Shopoʻlatov, S. I. Voxddov, Sh. I. Ibragimov, X. Z. Ibragimov, Sh. T. Rasulov, D. X. Narziyev, F. X. Majidov va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Respublikada Veterinariya ishlariga umumiy rahbarlikni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Veterinariya bosh boshqarmasi olib boradi. Veterinariya vazifalari, Veterinariya xizmatini tashkil etish asoslari, Veterinariya mutaxassislarining huquq va burchlari Oʻzbekiston Respublikasining "Veterinariya toʻgʻrisida“ qonunida (1993-yil 3 sentabr) belgilab berilgan (qarang Veterinariya xizmati). - Respublikada Veterinariya fani rivojiga G. I. Skryabin, M. A. Sultonov, J. Azimov, N. V. Badanin, E. H. Ergashev, N. M. Matchonov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, M.Aminjonov, Sh. Azimov, A. O. Oripov, T. Q. Qobilov, O. M. Mavlonov, A. L. Roʻzimurodov, Z. N. Norboyev, J. Shopoʻlatov, S. I. Voxddov, Sh. I. Ibragimov, X. Z. Ibragimov, Sh. T. Rasulov, D. X. Narziyev, F. X. Majidov va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Respublikada Veterinariya ishlariga umumiy rahbarlikni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Veterinariya bosh boshqarmasi olib boradi. Veterinariya vazifalari, Veterinariya xizmatini tashkil etish asoslari, Veterinariya mutaxassislarining huquq va burchlari Oʻzbekiston Respublikasining "Veterinariya toʻgʻrisida“ qonunida (1993-yil 3 sentabr) belgilab berilgan (qarang Veterinariya xizmati).
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Musayev, Muboshir. "Veterinariya" OʻzME. V-harfi (http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20V%20harfi.pdf) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2.Veterinariya vrachlari uchun qisqacha spravochnik, T., 1968;Shopoʻlatov J., Veterinariya asoslari, T., 1993 E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |