Qang’ va Dovon davlatlari Reja



Download 58,5 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi58,5 Kb.
#306325
1   2   3
Bog'liq
Abdullayev javohir tarixiy geografiya

Dovon (Da-yun, Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar.

Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan chorvador va ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.

Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.

Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda iste’qomat qilgan.

Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham o‘limga mahkum etadilar.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha, Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlanganFarg‘ona aholisi eroniy tilda so‘lashgan2.

Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.


Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.

Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix­chilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham kelti­ra olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholi­sini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin soqolli bo‘lganlar, deb tariflay­di. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se (Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir- birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini ta’kidlaydi.

Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.

Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning o‘rni qayerda bo‘lganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi uzoq yillar davomida bahslarga sabab bo‘lgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga olinmagan. Sababi xitoyliklar poytaxt deganda faqat o‘z poytaxtini tushunganlar. Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du – qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan.

.

Foydalanilgan adabiyotlar



Sh. Karimov. – Vatan tarixi.

B. Axmedov. – Государсто кочевыхю-М,1965



WWW.Ziyo.net

WWW. Arxiv.uz



1History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996442 р. 545 р.

2History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996, p.444.


Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish