Dovon (Da-yun, Fargona) davlati haqida malumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati malum siyosiy uyushmani tashkil etgan bolib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda van (podsho) unvoni bilan ish yuritgani takidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bolgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish korgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, bazan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar.
Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida malumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (Ozgand vohasi Qirg.) ornida bolgan deb hisoblaydilar. Fargona vohasi hududlarida kochib yurgan chorvador va kochmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bolganlar. Bu qabilalar uchun Fargona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.
Mil. avv. II asrdan boshlab Qashgardan Dovonga shimoliy yoldan karvon yoli harakati boshlanadi. Bu yoldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi kopaya boshlaydi va koplab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo boladi. Savdo yolida Dovon muhim ahamiyatga ega bola boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida kopgina qalalar savdo yolini qoriqlash maqsadida barpo etiladi.
Davan haqida ilk malumot mil.avv.II asrga oid bolsa, oxirgi malumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Fargonaga kelgan. Shundan keiyn malumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Fargonada siyosiy vaziyat ozgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bolgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda isteqomat qilgan.
Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim orin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qolida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bolgan.Hattoki hukmdorning taqdirini ham hal etishgan. Urushdagi maglubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni ham olimga mahkum etadilar.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan malumotlarga kora, Davanda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning malumoticha, Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bolgan. Ularning har biri mustaqil oz xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar toplanadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bolishgan. Qadimgi Fargonada qishloq xojaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sugorish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlanganFargona aholisi eroniy tilda solashgan2.
Davan aholisi sugorma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.
Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Antik davrda Fargonada hunarmandchilik keng rivojlangan. Toqimachilik va kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning orni katta bolgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bolgan. Xitoy tarixchilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham keltira olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Fargona aholisini tashqi qiyofada qangarlarga oxshab ketadi. Ular choziq yuzli va qalin soqolli bolganlar, deb tariflaydi. Chjan Syan Davandan (Fargonadan) to Anse (Parfiya)gacha bolgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bolsa-da, ammo ular bir- birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga oxshash bolganligini takidlaydi.
Davan 60 ming qoshinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qoshin harbiy mahoratda tengi yoq bolgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan uzgan oqlari dushmanni dogda qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan oq uzishda erlaridan qolishmagan.
Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning orni qayerda bolganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar ortasida koplab baxslarga sabab bolgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bolsa, bazi tarixiy asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda isbotlab bergan. Davan davlati poytaxti masalasi uzoq yillar davomida bahslarga sabab bolgan. Manbalarda biron bir shahar poytaxt deb tilga olinmagan. Sababi xitoyliklar poytaxt deganda faqat oz poytaxtini tushunganlar. Qolgan davlatlarni poytaxtlarini du qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan.
.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sh. Karimov. Vatan tarixi.
B. Axmedov. Государсто кочевыхю-М,1965
WWW.Ziyo.net
WWW. Arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |