Qanday mablag’lar jalb qilingan mablag’lar hisoblanadi?
Jalb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bular
depozitlar, shuningdek, kontokorrent va korrespondent schyotlardir.
Ularning asosiysi yo`qlab olinadigan qo`yilmalarga, tezkor hamda jamg`arma qo`yilmalarga
bo`linuvchi depozitlardir.
Yo`qlab olinadigan qo`yilmalar, shuningdek, joriy schyotlar omonatchilarning birinchi talablari
bilan olinadi. Joriy schyotning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan
birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo`lgan korxona, tashkilot, muassasalar hisob-kitob
operatsiyalarini olib borishi mumkin.
Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma`lum muddatga qo`yiladigan qo`yilmalar
bo`lib, ular orkali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to`lanadi. Bunda foiz stavkalari
qo`yilmaning muddati va miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Muddatli qo`yilmalarning turlaridan biri - mablag`larni jalb qilishning aniq qayd etilgan vaqtga
mo`ljallangan depozit sertifikatlari hisoblanadi.
Banklar uchun muddatli qo`yilmalar juda qulay hisoblanadi.
Bank resurslarining muhim manbasi - banklararo kreditlardir, ya`ni boshqa banklardan
olinadigan ssudalardir.
Agar mijozning hisob-kitob schyoti yopilib, kontokorrent schyot ochiladigan bo`lsa, uning o`z
mablag`lari va chetdan jalb qilingan mablag`lar hisobi shu schyotda olib boriladi.
Kontokorrent - bank va mijoz o`rtasidagi hamma hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga
oshiruvchi yagona schyot. Alohida davrlarda bu schyot passiv bo`ladi, boshqalarda esa aktiv
bo`ladi, mijozga mablag` bo`lganida bu schyot passiv bo`ladi, bu mablag`lar yo`qligi tufayli
mijoz bankka to`lov topshiriqnomasini ko`rsatganda yoki chek yozib berganda bu schyot aktiv
bo`ladi. Ham debet, ham kredit bo`yicha kontokorrent schyotlarida foiz hisoblanadi.
Kontokorrent schyoti bo`yicha kredit tijorat veksellari ta`minoti bo`yicha yoki ta`minlanmagan
ssuda shaklida beriladi. Kontokorrent schyoti bo`yicha debetga foizlarni hisoblash faqatgina
mijoz va bank orasidagi bitimda ko`rsatilgan kredit limiti chegarasida amalga oshishi mumkin.
Qanday mablag’lar xarid qilingan mablag’lar hisoblanadi?Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |