6 4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi,
o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-
mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy
Kengashdan butunlay farq qiladi.
Birinchidan,
mustaqillikkacha bo‘lgan
davrda Respublika Oliy
Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi
deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar-
kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga
moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbekiston
davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki-
miyatni mustaqil amalga oshirmoqda.
Oliy Majlis faoliyatida
xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga
qo‘yildi.
Ikkinchidan,
Oliy Kengash sayloviga
hokimiyat organlari to-
monidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi.
Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobil-
lik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga
keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi-
da shakllandi.
Uchinchidan
, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti-
rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar,
ziyolilarning
o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say-
lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil
sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara-
katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik
asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod-
larning
ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning
ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun-
mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Òo‘rtinchidan,
mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash
professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning
vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina
doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida
esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish-
lamoqda. Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazi-
falarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib bormoqda. Oliy
Majlis deputatlari o‘z saylovchilari bilan yaqindan aloqada va
muloqotda bo‘lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor beril-
mas edi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonun-
lar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabar-
dor
qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan
birga bo‘lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi
6 5
vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bor-
moqda. Bu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyosiy
ongini
yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga
oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga
xizmat qilmoqda.
Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya
korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el om-
maviy axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilin-
gan jurnalistlari hozir bo‘lmoqdalar.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi-
lan aloqalari o‘rnatildi va chuqurlashdi. O‘zbekiston
Milliy par-
lament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq,
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament As-
sambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Oliy Majlis
Do'stlaringiz bilan baham: