3 2 3
MILLIY ISÒIQLOL DAVRI BO‘YICHA ÒESÒ
SAVOLLARIDAN NAMUNALAR
1. O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi ilk bor qachon, qaysi
hokimiyat organi tomonidan ta’sis etildi?
A) 1989- yil 28- iyunda, O‘zbekiston Kompartiyasi MKning qaroriga
asosan;
B) 1990- yil 24- martda,
Oliy Kengash qaroriga asosan;
C) 1990- yil 20- iyunda, Oliy Kengash qaroriga binoan;
D) 1990- yil 24- fevralda, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan;
E) 1991- yil 31- avgustda, Oliy Kengash Qonuniga asosan.
2. I. Karimovning „O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida¾“
asarida
qamrab olingan mavzular¾
A) iqtisodiyotni erkinlashtirish;
B) islohotlarni chuqurlashtirish;
C) xavfsizlik, taraqqiyot va barqarorlik;
D) xalqaro hamkorlik va taraqqiyot;
E) sanab o‘tilganlarning barchasi.
3. I. Karimovning qaysi asarida bozor munosabatlariga o‘tishning
besh tamoyili asoslab berilgan?
A) „O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lida“;
B)
„O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda“;
C) „O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida¾“;
D) „O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘li“;
E) „Òarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“.
4. Qaysi huquqiy hujjatda mamlakatimizni bundan buyon O‘zbe-
kiston Respublikasi deb atash belgilab qo‘yildi?
A) Mustaqillik
Deklaratsiyasida;
B) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida;
C) Oliy Kengashning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini
e’lon qilish haqidagi qarorida;
D) „O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri-
sida“gi Qonunda;
E) barcha javoblar to‘g‘ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 2 4
5. O‘zbekistonda saylovlar qaysi asoslarda amalga oshiriladi?
A) huquqiy;
B) konstitutsiyaviy;
C) umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita,
yashirin ovoz berish
orqali;
D) ko‘ppartiyaviylik asosida;
E) hamma javoblar to‘g‘ri.
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asos qilib olingan
hujjatlarni belgilang.
A) BMÒ hujjatlari,
YUNESKO qoidalari, Inson huquqlari
Umumjahon
Deklaratsiyasi;
B) Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Xalqaro huquqning
qoidalari, BMÒ hujjatlari;
C) Xalqaro huquq qoidalari, YUNESKO qoidalari, BMÒ hujjatlari;
D) Xalqaro
valuta fondi hujjatlari, Xalqaro huquq qoidalari, inson
huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi;
E) Xalqaro valuta fondi hujjatlari, BMÒ hujjatlari, Xalqaro huquq
qoidalari.
7. O‘zbekiston YUNESKOga¾
A) 1992- yilda a’zo bo‘ldi;
B) 1993- yilda a’zo bo‘ldi;
C) 1994- yilda a’zo bo‘ldi;
D) 1995- yilda a’zo bo‘ldi;
E) 1996- yilda a’zo bo‘ldi.
8. Oliy Majlis Senati a’zolari kimlardan iborat bo‘ladi?
A) hokimiyat organlari vakillaridan saylangan deputatlardan;
B) hududiy vakillik organlari deputatlari orasidan saylanganlardan;
C) Prezident
tomonidan tayinlanganlardan;
D) umumxalq saylovida saylangan senatorlardan;
E) B) va C) javoblar to‘g‘ri.
9. O‘zbekistonda hozirgi kunda nechta siyosiy partiya faoliyat ko‘r-
satmoqda?
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta;
E) 6 ta.
www.ziyouz.com kutubxonasi