1 8 0
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noya-
brdagi „O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni
saqlash tizimini is-
loh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida“gi farmoni va mazkur far-
monning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan hukumat
qarori aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayo-
tga tatbiq etish borasida katta tadbirlar amalga oshirildi.
2001-yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-
klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish ilmiy markazi barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd
so‘m sarflandi. Markazda 760 o‘rinli 8 ta jarrohlik markazi aholiga
kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Davlat
dasturiga binoan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va barcha
viloyatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish
markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida
bo‘limlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Markaz va
uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng za-
monaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib
olish uchun Ispaniya hukumati tomonidan 10 mln yevro
kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 mln dollar grant ber-
ildi.
Shuningdek, Germaniya, AQSH, Isroil davlatlari ham
kreditlar va grantlar ajratmoqdalar. AQSH, Germaniya va boshqa
davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar bilan beg‘araz
yordam bermoqdalar.
Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivoj-
langan tizimi bunyod etildi. 1991—2001- yillarda 19,5 ming
o‘rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib
foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni 1300 tani
tashkil etgan bo‘lsa, 2001- yilda ularning soni 1500 tadan ortdi.
Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 3 mingdan 4,8
mingta-
ga yetdi yoki 1,6 baravar ko‘paydi. Qishloq joylarida 1600 dan
ortiq vrachlik punktlari ochildi.
Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va
qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga
alohida e’tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o‘quv yurtlari,
o‘rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Aholiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi
mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko‘paydi. O‘zbe-kis-
tonda bir shifokorga o‘rta hisobda 300 ga yaqin kishi to‘g‘ri kel-
adi, bu ko‘rsatkich ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yu-
qoridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 8 1
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan
ta’minlashda katta qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ikkitagina korx-
ona dori-darmon ishlab chiqarar edi.
Ular aholining dori-dar-
mon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini 1—1,5 foizgagina qondirardi,
xolos. Shu boisdan farmatsevtika sanoatini tez sur’atlar bilan
rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi.
1993-yilda Prezident I. A. Karimov farmoni bilan „O‘zfarm-
sanoat“ davlat aksionerlik konserni tuzildi, unga aholini
o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan ta’minlash
vazifasi yuklandi. 1994—2002-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini
rivojlantirish uchun 50 mln AQSH dollari jalb qilindi. Shvetsi-
ya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Hindis-
ton va boshqa mamlakatlar sarmoyadorlari ishtirokida qo‘shma
korxonalar barpo etildi. 2002- yilda
respublikada dori-darmon
ishlab chiqaruvchi korxonalar va qo‘shma korxonalar soni 61
taga yetdi.
Farmatsevtika korxonalari 1994- yilda 47,2 mln. so‘mlik 34 xil
mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, 2001- yilda 12 mlrd so‘mlik
340 xil mahsulot ishlab chiqardi.
1994-yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji respub-
likada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘i 4,5 foizga
qondirilgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 25 foizgacha o‘sdi.
50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirilmoqda. 2001- yildan
boshlab chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar qo‘shim-
cha qiymat solig‘idan ozod etilgan.
Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashda dorixonalarning
o‘rni kattadir. 1994- yilda „Dori-darmon“ davlat aksionerlik
uyushmasi tashkil etildi. Davlat tasarrufidagi 2525 ta dorixona-
larning ko‘pchiligi xususiylashtirildi. 2001- yilda xususiy dorixo-
nalar soni 2722 taga yetdi.
Istiqlol yillarida aholining keng qatlamlariga tibbiy xizmat
ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshdi.
Respublikamizda
ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni ta’minlashda millat-
lararo omillarning ahamiyati katta.
Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar
vakillari — turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do‘stlik va
hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq
Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada
xilma-xil bo‘lishiga olib keldi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120
dan or-
tiq millat va elat vakillari yashar edilar. O‘zbekiston barcha mil-
Do'stlaringiz bilan baham: