Qaffol ash-shoshiy faqih va



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

Qaffol Shoshiy maqbarasi
Qaffol Shoshiy maqbarasi uning qabri ustida ilk bor Sohibqiron Amir 
Temur topshirig‘i bilan barpo etilgan. Dastlabki maqbara binosi yaxshi 
saqlanmagan. Shuning uchun u bir necha bor ta’mirlangan.
Hozir Toshkentning xalq orasida “Hastimom” deb ataladigan joy shu 
mo‘tabar zotga nisbatan aytiladigan nom “Hazrati imom”ning qisgargan 
shakli bo‘ladi. Aslida bu joyning to‘liq nomi Hazrati Imom Qaffol ash- 
Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo‘lgan bir 
necha mo‘tabar zotlar dafn etilgan. Ular orasida yana bir mashhur faqih 
Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (Hofiz Ko‘hakiy) ham bor. 
Shuningdek, hirotlik shoir, Buxoro xoni Navro‘z Ahmadxonning ustozi 
Zayniddin Vasifiy ham shu yerda dafn etilgan. Imom Shoshiyning ilm-fan 
sohasida va Arab xalifaligi xalqi uchun ko‘rsatgan xizmatlari ko‘plab 
olimlar, faqihlar tomonidan tan olingan va o‘z qabrlarining u kishi orom 
topgan mazkur maqbaradan joy olinishini sharafli deb hisoblaganlar.
Qaffol Shoshiy maqbarasi 1541-1542-yillarda Toshkent hukmdori 
Baroqxon farmoniga (1551-1556-yillarda Buxoro xoni bo‘lgan Navro‘z 
Ahmadxon ibn Suyunchxo‘jaxon nazarda tutilmoqda) binoan me’mor 
G ‘ulom Husayn tomonidan qayta ta’mirlangan. Qayta ta’mirlash 
jarayonida xattotlik yozuvi namunalari Kotib Qudrat tomonidan bitilgan. 
Keyinchalik ham maqbarada turli davrlarda ta’mirlash ishlari amalga 
oshirilgan. 2007-yili maqbara binosi tubdan qayta ta’mirlandi.
Maqbara milliy me’morchiligimizning nodir namunasi bo‘lib, to‘rt 
tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda barpo etilgan. Bino pishgan 
g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootning qurilgan sanasi 
keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari 
Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralar bilan bezalgan.
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, qomusiy olimlikka intilgan 
bobomiz Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy 
fiqh ilmida ulkan yutuqlarga erishgan va ushbu yutuqlar o‘z davrining


barcha faqihlari tomonidan e’tirof etilgan. Hazrati Imomning asarlarini, 
xususan, fiqhiy (huquqiy) asarlarini tadqiq etish bizning zamonimizda ham 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asarlari davlat va huquq tarixi 
fanining bebaho boyligiga aylanishiga shubha yo‘q.
Qaffol Shoshiy kabi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarida ijod 
qilgan buyuk faqihlar ilmiy merosini o‘rganish mamlakatimiz milliy 
huquqiy tizimi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilishiga ishonamiz.
Qaffol Shoshiyning jahon diplomatiya tarixida ham o‘z o‘rni borligi 
ma’lum. Uning Arab xalifaligi xalqining tinchligi va osoyishtaligi uchun 
qilgan xizmatlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning 
o‘ziga topshirilgan mushkul vazifani sabot va matonat bilan, diplomatik 
usul bilan bajarishi yurtimiz ilm ahlini, keng jamoatchilikni, jumladan, 
Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya 
universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kabi yirik ilm-fan 
markazlari professor-o‘qituvchilarini, qolaversa xalqaro diplomatik huquq 
bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarimizni ham befarq qoldirmaydi deb 
o‘ylaymiz.
Toshkent 
15.08 - 28.10.2020


Qaffol Shoshiyning qabri
Maqbaraning kun botayotgan vaqtdagi ko‘rinishi


Maqbaraning old va kirish qismi
Maqbaraning ichida joylashgan sag‘analar


Maqbaraning orqa tomondan ko‘rinishi
Hazrati Imom majmuasining umumiy ko‘rinishi



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish