Oliy nufuzga ega bo‘lish. Kishining jamiyatda yuqori baholangan ma’lumot darajasiga ega bo‘lishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘zlarining yoki o‘zlari erishmoqchi bo‘lgan ma’lumotlilik darajasi bilan boshqalardan ajralib turish, shaxsiy mavqelarini o‘z ustlarida yanada ko‘proq ishlash, keng qamrovli bilimdonlik evaziga ko‘tarish payida bo‘ladilar.
Yuqori moddiy ta’minlanganlik. Yuqori maosh yoki boshqa moddiy daromad keltiradigan ma’lumotga ega bo‘lishga intilishda o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish buyicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishi o‘z moddiy imkoniyatlarini ko‘tarishda bajarib turgan kasbidan qanoatlanmasa, yanada yuqori saviyadagi ma’lumotga erishish istagi bilan xarakterlanadi.
Ijodkorlik. Kishining o‘rganayotgan bilim sohasida biror bir yangi narsa topishga, shu sohaga o‘zining hissasini qo‘shishga intilishda o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishi o‘zi o‘rganayotgan bilim sohasiga biror bir yangilik kiritish maqsadida uni chuqurroq o‘rganishga, yangi qirralarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladilar
Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining muayyan bir ijtimoiy guruh bilan uyg‘unlashishga, u bilan hamnafas bo‘lishga intilishida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar biror bir ijtimoiy guruhga taalluqli insonlar bilan qalin munosabatlarda bo‘lish uchun o‘z ma’lumotlarini muayyan saviyaga yetkazishga intiladilar.
O‘z ustida ishlash. Kishining o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida bilim olishga, yangi kasbiy yoki bilim sohalarini o‘zlashtirishga, ma’lumotini oshirishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar o‘zlarining o‘qiy olish, o‘rgana olish qobiliyatlari va shu bilan o‘zlarini rivojlantirish imkoniyatlari bilan ajralib turadilar.
Yutuqlarga yo‘nalganlik. Ta’lim jarayonida kishining muayyan natijalarga erishishga (o‘qishga kirish, dissertatsiya yoqlash, moddiy kamolotga yetishish) yoki boshqa hayotiy maqsadlarga erishishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan kishilar ta’lim jarayonining har bir bosqichini rejalashtirish, oqibatini o‘ylash, har bir bosqichda aniq maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yish xislati bilan ajralib turadilar. Shu bilan birga o‘zlariga yuqori baho berishga moyil bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |